Ichki baholashga oid hujjatlarining haqqoniyligini o‘rganish natijalari
“Davlat ta’lim muassasalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomning 28-bandiga muvofiq ta’lim tashkiloti faoliyatini ichki baholash natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarning haqqoniyligi tekshirilganida quyidagilar aniqlandi:
- pedagog va ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma varaqalari kodlashtirilmagan, ota-onalar tomonidan berilgan takliflar tahlil qilinmagan;
- ilova va soha jadvallari Attestasiya komissiyasining imzolari bilan to‘liq rasmiylashtirilmagan.
Tashqi baholash yakuniga ko‘ra umumiy natijalar
T/r
|
O'rganish sohalari
|
Standartlar
|
Maksimall ball
|
Erishilgan haqiqiy ball
|
Erishilgan natija %
|
1
|
Ta'lim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi
|
S 1.1.
|
35
|
23,2
|
66,3
|
S 1.2.
|
40
|
20,9
|
52,3
|
S 1.3.
|
30
|
17,5
|
58,3
|
2
|
Tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi
|
S 2.1.
|
30
|
12,0
|
40,0
|
S 2.2.
|
25
|
15,0
|
60,0
|
|
Ta'limning keying bosqichiga tayyorlash dasturlarining ijrosi
|
S 3.1
|
15
|
10,0
|
66,7
|
3
|
Rahbar va tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati
|
S 4.1.
|
25
|
19,5
|
78,0
|
S 4.2.
|
25
|
12,9
|
51,6
|
S 4.3.
|
10
|
5,6
|
56,0
|
S 4.4.
|
40
|
40,0
|
100,0
|
S 4.5.
|
40
|
26,7
|
66,8
|
5
|
Moddiy-texnika bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar
|
S 5.1.
|
25
|
25,0
|
100,0
|
S 5.2.
|
30
|
29,0
|
96,7
|
S 5.3.
|
20
|
18,0
|
90,0
|
6
|
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifati
|
S 6.1.
|
20
|
13,3
|
66,5
|
S 6.2.
|
25
|
10,7
|
42,8
|
S 6.3.
|
20
|
20,0
|
100,0
|
7
|
Jamoatchilik va ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikdagi ishlar
|
S 7.1.
|
25
|
24,3
|
97,2
|
S 7.2.
|
20
|
14,5
|
72,5
|
Jami
|
19
|
500
|
358,1
|
71,6
|
Tashqi baholash jarayonida tashkilot faoliyatini o‘rganish natijalari
Tashkilot faoliyatini o‘rganish natijalariga ko‘ra standartlar bo‘yicha eng yuqori (100% hisobida) ko‘rsatkichlar:
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining moddiy-texnik holati, joylashgan hududi va mebel jihozlari amaldagi talab qilingan me’yor va talablarga mos;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlantirish tizimi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tashkil etilgan.
Tashkilot faoliyatini o‘rganish natijalariga ko‘ra standartlar bo‘yicha past (70% va undan past) ko‘rsatkichlar:
- Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachilar tomonidan havfsiz, rivojlantiruvchi hamda motivatsion muhit to‘laqonli yaratilmadi. Mashg‘ulotlar davomida tarbiyalanuvchilarning o‘zaro muloqotga kirishishi uchun turli o‘yin va mashqlardan foydalanilmadi, tarbiyalanuvchilarga mahalliy an’ana va qadriyatlar singdirilmadi, xavfsizlik qoidalari va guruhda o‘zini tutish qoidalari muntazam eslatib turilmadi;
- Ta’lim-tarbiya jarayonlari tarbiyalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni inobatga olib alohida yondoshgan holda tashkil etilmadi. Mashg‘ulotlar davomida tarbiyachilar tomonidan bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadigan, turli savol va e’tirozlarga sabab bo‘ladigan muammoli vaziyatlar yuzaga keltirilmadi, sust tarbiyalanuvchilarga e’tibor qaratilmadi, jarayonda qo‘llanilgan pedagogik usul va uslublar har bir tarbiyalanuvchini faol bo‘lishiga unday olmadi.
Markazlarda berilgan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan guruhlar o‘rtasida taqdimot o‘tkazilmadi, bolalarning jarayon yuzasidan fikrlari so‘ralmadi, markazlar faoliyatini reklama qilish ishlari tashkil etilmadi.
- Pedagoglar ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishda tarbiyalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda alohida yondoshmadi;
- Tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga mos.Tarbiyalanuvchilarning kuzatuv kunidagi ko‘rsatkichlar rivojlanish xaritasida qayd etilgan natijalarga mosligi o‘rganilganda rivojlanishning 5 ta sohasi bo‘yicha o‘rtadagi tafovut 25%dan yuqori emasligi aniqlandi;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning maktabga tayyorgarligi hamda moslashuvi yuzasidan zarur tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmagan, tarbiyalanuvchilarning maktabga tayyorgarlik xaritalari yuritilmagan, monitoring tahlillari amalga oshirilmagan;
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti shtat jadvali asosida 100% kadrlar bilan ta’minlanmagan, 85%;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotida malakali pedagoglar yetishmaydi, oliy ma’lumotli pedagoglar 11.1%ni tashkil qiladi, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglar esa umuman mavjud emas;
- 2021-2022 o‘quv yili yakunida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rganish yuzasidan yillik ichki baholash o‘tkazilmagan;
- Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar hamda xodimlar sog‘lig‘ini nazorat qilish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmagan;
- Tarbiyalanuvchilarda mustaqil ravishda o‘z-o‘ziga xizmat qilish va shaxsiy gigiyenaga amal qilish ko‘nikmalari to‘laqonli shakllantirilmagan.
Dostları ilə paylaş: |