Toshkent xalqaro molyaviy boshqaruv va texnalogiyalar unversiteti mustaqil ish


VI. MILLIY MANFAATLARDAN KELIB ChIQQAN HOLDA UMUMBAShARIY MUAMMOLARGA YONDAShISh



Yüklə 145,84 Kb.
səhifə26/33
tarix20.11.2023
ölçüsü145,84 Kb.
#166464
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Otajonov Holbek3

VI. MILLIY MANFAATLARDAN KELIB ChIQQAN HOLDA UMUMBAShARIY MUAMMOLARGA YONDAShISh 79-maqsad: Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish. Xalqaro maydonda atrof muhitga oid tashabbuslar, shu jumladan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surish. Atrof muhitga ta’sir xavfi yuqori daraja (I toifa)dagi obyektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik ravishda namunalar olish tizimini tatbiq etish. Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan ta’minlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof muhitga ta’siri ustidan monitoringni amalga oshirish. Respublika hududida amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash yuzasidan davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish. 80-maqsad: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yil kamida 200 million tup daraxt ekish. “Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbuslariga mos tarzda respublikaning 10 ta hududida aerobiologik monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish. Maishiy chiqindilarni yig‘ishni 100 foizga, ularni qayta ishlash darajasini 2026-yilga qadar 21 foizdan 50 foizga yetkazish. Respublika bo‘yicha 51 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik daryolar va tabiiy ko‘llar)ning sanitariya-muhofaza zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash ishlarini yakunlash. Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hududga aylantirish, ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish. Orol dengizining qurigan tubida qo‘shimcha 500 ming gektar yashil maydonlarni barpo etib, 2026-yil yakuniga qadar ularning umumiy hajmini 2,5 million gektarga yoki hududning 78 foiziga yetkazish. Orolbo‘yida xalqaro “Yashil iqlim” va Global ekologik jamg‘armalarning bioxilma-xillik, iqlim o‘zgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida 300 million AQSh dollari qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish Shahar va tuman markazlarida har 50 — 100 ming aholi uchun “jamoat parklari”ni tashkil etish. Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish. 
Yüklə 145,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin