Toshkent xalqaro molyaviy boshqaruv va texnalogiyalar unversiteti mustaqil ish


-maqsad: Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini ta’minlash hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish



Yüklə 145,84 Kb.
səhifə29/33
tarix20.11.2023
ölçüsü145,84 Kb.
#166464
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Otajonov Holbek3

86-maqsad: Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini ta’minlash hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish. Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish. Xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va chet tillarga o‘qitish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar berish borasidagi chora-tadbirlarni hayotga tizimli ravishda va jadal tatbiq etish. Mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish. Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish. Xorijiy davlatlarda ishlash istagida bo‘lgan kamida 300 ming nafar fuqaroni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish. Xavfsiz, tashkillashtirilgan xorijiy mehnat migratsiyasiga 400 ming nafar fuqaroni yuborishni tashkil etish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar haq-huquqlarini ta’minlashda manzilli ko‘mak ko‘rsatish. “O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasini samarali amalga oshirishni ta’minlash. 87-maqsad: “Vatandoshlar” jamoat fondi orqali xorijiy davlatlardagi yurtdoshlarimiz bilan doimiy va samarali aloqalar o‘rnatish. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish. Xorijdagi vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarni qo‘llab-quvvatlash. Yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik o‘rnatish va olib borish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish. Xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish. Xorijdagi vatandoshlarning salohiyatini O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishga jalb etish va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish. 
Yüklə 145,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin