Toshkent xalqaro molyaviy boshqaruv va texnalogiyalar unversiteti mustaqil ish


-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish



Yüklə 145,84 Kb.
səhifə6/33
tarix20.11.2023
ölçüsü145,84 Kb.
#166464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Otajonov Holbek3

10-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish. Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish. Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tizimi bo‘yicha “Milliy reyting” tizimini joriy etish. Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish tizimini takomillashtirish. Mahalliy hokimlik organlari, vazirlik va idoralarga rahbarlik lavozimlari uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish. Davlat xizmatiga kirish, zaxirani shakllantirish, baholash va xizmatni o‘tash bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Raqamli davlat xizmati” loyihasini amalga oshirish. Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablarni qayta ko‘rib chiqish. 11-maqsad: Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish. Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish. Davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni jamlovchi markazlashgan tizimni yaratgan holda ularni ko‘rib chiqish muddati va sifati ustidan raqamli nazorat o‘rnatish, aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir qiluvchi masalalar bo‘yicha murojaatlar tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash. “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqparvar davlat” milliy dasturi izchil amalga oshirilishini ta’minlash. Jamoatchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etib, uning fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va aholini qiynayotgan muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash jarayoniga faol jalb etish. 12-maqsad: Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, jamoaviy murojaatlar asosida hududiy, tarmoq va davlat dasturlari ijro sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish. Ayrim davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb qilish, davlat organlari faoliyatini o‘rganishda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni ochiq muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini va saylov madaniyatini oshirish, saylovlarga oid xalqaro standartlarni qonunchilikka implementatsiya qilish ishlarini davom ettirish. Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda ularning mehnatidan samarali foydalanish. Ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo‘llab-quvvatlash hajmini ikki barobarga oshirish. Xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga ajratilayotgan mablag‘lar hajmini yetti barobarga oshirish. 
Yüklə 145,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin