Toshkent yangiyul poligraph service


Temirning barcha qotishmalari tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab cho‘yan va polatga bo'linadi. Tarkibida 2% dan ko‘p (odatda



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə141/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Temirning barcha qotishmalari tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab cho‘yan va polatga bo'linadi. Tarkibida 2% dan ko‘p (odatda

  1. 4,5 %) uglerod saqlanadigan temir qotishmasiga cho‘yan va 2% dan kam uglerod saqlasa, po‘lat deb ataladi.

Temir kumushsimon oq plastik metall, nisbatan yumshoq, og‘ir (r = 8,87 g/ cm3 ferromagnitlik xossasiga ega, toza holda 1539°C da suyuqlanadi.
Temir to'rt (afi,y,d) allotropik shakl o‘zgarishlarida uchraydi. Oddiy sharoitda a — temir holatda bo‘lib, hajmiy markazlashgan kub shakldagi kristallik panjaraga ega. 768°C ga magnitga tortilish xossasini yo‘qotib /? — temir holatga o‘tadi. Bunda uning kristallik panjarasi o‘zgarmaydi. 910°C da yangi allotropik shakli у temirga aylanadi va u qiralli markazlashgan kub shaklidagi kristallik panjaraga ega bo‘ladi, magnitga tortilmaydi. Nihoyat 1400°C da/3- temir d— temirga aylanadi va yana hajmiy markazlashgan kristallik panjaraga ega bo‘ladi. Fizik xossalari bilan u a — temiiga o‘xshaydi, magnitga tortiladi.
Temir o‘ziga ko‘pgina elementlarni(C, Si, p, S, Mn va bosh­qalar) eritadi. Uning, ayniqsa, uglerodni eritishi kristallik panja- rasining tuzilishi va haroratga bog‘liq bo‘ladi. a — holatdan у — holatga o'tganda uglerodni eritishi keskin ortadi. a — temiming eng ko‘p uglerodni eritishi 723°C da boMib, u 0,04 % ga yaqin va bunday temirning qattiq eritmasi ferit deyilib, magnitga totiladi, plastik va mexanik jihatdan bo‘sh bo'ladi. у temirda esa uglerodning eruvchanligi 1130°Cda2%va undan ortiq bo‘ladi. Temiming bunday qattiq eritmasiga austenit deb ataladi. U juda qattiq va mo‘rt bo'ladi, magnitga totilmaydi.
Uglerod suyuq temirda erish bilan bir qatorda kimyoviy birikma ham hosil qiladi. Uning uglerod bilan hosil qilgan birikmasiga temir karbidi -Fe3C yoki sementit deyiladi. Sementit tarkibida 6,67 % (massa bo‘yicha) uglerod saqlaydi. U juda qattiq (olmosga yaqin) va mo‘rt bo‘ladi. (uning suyuqlanish harorati 1600°C). Cho‘yan sekinlik bilan sovutilsa tarkibidagi sementitning ko‘p qismi ferrit va grafitga parchalanadi va cho'yanni kulrang qilib qo‘yadi. Shuning uchun ham bunday cho'yan kulrang cho'yan deyiladi. Kulrang cho'yan yumshoqroq, mo'rtligi ham kamaygan va unga ishlov berish ham ancha oson bo‘ladi.

  1. §. Cho‘yan ishlab chiqarish


Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin