Toshkent yangiyul poligraph service


Domna gazlari changdan taxminan tozalanib, tabiiy gaz bilan qo‘shilib kauperning yoqish bo‘lmasiga havo bilan qo'shib yuboriladi va u yerda gaz yonadi



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə145/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Domna gazlari changdan taxminan tozalanib, tabiiy gaz bilan qo‘shilib kauperning yoqish bo‘lmasiga havo bilan qo'shib yuboriladi va u yerda gaz yonadi.
Yonishdan hosil bo‘lgan issiq gazlar gumbazdan aylanib, yuqoridan pastga tomon nasadka orqali o'tadi va uni qizdiradi.
Nasadka harorati 1200-1300°Cga yetgach (2-3 soatdan so‘ng) gazni yoqish to‘xtatiladi va tutun chiqaruvchi mo‘ri (2) berkiladi. Shundan so‘ng issiq nasadka orqali sovuq havo yuboriladi. Havo qizib kauperning gaz chiqish teshigidan (7) chiqadi va domna pechiga yuboriladi. Jarayonning uzluksizligini ta’minlash maqsadida har bir domna pechi yonida kamida ikkita kauper quriladi. Chunki kauperning bittasida gaz yoqilib nasatkalar qizdirilayotgan bo‘lsa, ikkinchisidan esa havo o‘tkazilib kauper nasadkasi sovitilayotgan bo‘ladi. Domna jarayonida 1000- 1300°C gacha isitilgan havoni qo'llash (haroratning har 100°C oshishida mahsuldorlikni 2% ga ko‘paytirish va koks sarfmi 2% ga kamaytirish imkonini beradi) domna mahsuldorligini ancha oshiradi.
Domna pechlarida suyuqlantirib olinadigan cho‘yan tarkibida Fe dan tashqari, 3-5,5 % C, 0,3-2,5 % Si , 0,5-6,0 % Mn, 0,08-2,2 % P va 0,03-0,12 % S saqlaydi. Ular ishlatiladigan sohasiga qarab har xil bo‘ladi: 1) oq cho'yan (tarkibida uglerod sementit - Fe3C shaklida bo‘ladi va u juda qattiq bo‘lib, unga ishlov berish qiyin) po'lat olish uchun ishlatiladi; 2) kulrang cho‘yan (tarkibida uglerod grafit shaklida bo‘ladi va u ancha yumshoq bo'ladi) turli xil buyumlar quyish uchun ishlatiladi; 3) maxsus cho‘yan (ferrosilisiy tarkibida 10—12 % gacha Si, oynasimon yaltiroq -12-20 % gacha Mn, ferro- marganets — 60—80 % gacha ushlaydi) po‘lat olish uchun ishlatiladi.
Domnadan chiqindi sifatida olinadigan shlak ham keng sohalarda ishlatiladi. Masalan, shlakdan sheben, graviy, shlakabeton, shlakli penza, penabeton, shlakpaxta, shlakoportlandsement va boshqalar ishlab chiqariladi. Yana domna gazi tarkibida 30% gacha CO, 60 % N2, 10 % C02 va changlar bo'ladi. Bu gaz changlardan tozalangach, turli maqsadlarda yoqish uchun ishlatiladi. Domnaning muhim ko‘rsatkichlariga uning foydali hajmidan foydalanish koeffitsienti (FHFK) va koks sarfi kiradi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin