Domna pechining samaradorligi, uning FHFK bilan baholanadi. Yani 1 t. cho‘yan olish uchun pechning (sutka/m3 larda) qancha foydali hajmi to‘g‘ri kelishini ko'rsatadigan kattalik. Hoziigi paytda FXFK kamayib 0,45-0,5 % ga, pechning foydali hajmi esa 5000 m3 gacha yetkazilgan (1913- yillarda esa FXFK 2,5-3 ga, pechning foydali hajmi esa 200 m3 ga teng edi). Shunday ulkan pechlarda bir yilda 4,2 mln. t. gacha cho'yan ishlab chiqariladi. Domnaning foydali ekanligining ikkinchi ko‘rsatkichi 11. cho'yan olganda sarflanadigan koksning sarfidir. Keyingi yillarda 11. cho‘yanga 360-400 kg koks sarflanmoqda (1960- yillarda bu son 950 kg edi.) Hoziigi zamon foydali hajmi 2700 m3 bo‘lgan domnalarda bir sutkada 8600 t. tarkibida 64 % Fe bo‘lgan ruda - aglomerat, 2500 t. koks, 2001 flyus, 0,6 mln m3 tabiiy gaz, 0,5 mln m3 kislorod va 7 mln m3 havo ishlatiladi, unda shuncha xomashyodan bir sutkada 5500 t cho'yan (2 mln t/yil) 1900 t shlak, 11 mln m3 domna gazi ishlab chiqariladi. Domna pechlarining bunday mahsuldorligi eng avvalo yoqilg‘i sifatida tabiiy gazni qo‘llab koks sarfini qisman kamaytirish orqali taminlanadi. Undan tashqari domna agregatlarining birlik quwatini oshirish uni takomillashtirish, ruda tarkibida temirning konsentratsiyasini oshirish, domnaga kiritilgan gazlarni isitish va uni kislorodga boyitish, ta’sir yuzani kengaytirish, cho'yan olishdagi barcha jarayonlami mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, EHM lami qo'llash kabilar pech jadalligini oshirishning asosiy omillaridir.
Po‘lat maxsus pechlarda qayta ishlanuvchi cho‘yanga (oq va maxsus cho‘yanga) temir-tersak (skrapa) qo‘shib suyuqlantirish orqali olinadi. Po'lat ishlab chiqarish jarayonining cho'yan ishlab chiqarish jarayonidan asosiy farqi shundaki, po'lat ishlab chiqarishda cho‘yan tarkibidagi C, Si, Mn laming miqdorini havo kislorodi bilan oksidlash yo‘li orqali ma’lum miqdorda kamaytirish va S bilan P ni imkoni boricha to‘liqroq yo‘qotish ko‘zda tutiladi. Bu qo'shimchalaming po‘lat tarkibida bo'lishi maqbul emas, chunki S po'latni issiqda sinuvchan (po'lat qizdirib turib mexanik ishlaganda darz ketadi), P esa po‘latni sovuqda sinadigan (odatdagi sharoitda ishlaganda mo‘rtligini oshiradi) qilib qo‘yadi.