Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə154/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

VIIIBOB. YOQILG‘INI KIMYOVIY QAYTA ISHLASH

  1. §. Energetika muammolari va istiqbollari

Hozirgi vaqtda jamiyatning moddiy farovonligi darajasi aholi jonboshiga ishlab chiqariladigan energiya miqdoriga qarab belgilanadi. Uylami isitish, tezyurar transportdan foydalanish imkoniyati va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘p jihatdan energiyaning yetarli bo‘lishiga bog‘liq. Eneigetik muammolar hoziigi kunda mohiyat e’tibori bilan insoniyat moddiy madaniyatining yanada o‘sishi uchun real to‘siq bo‘lib qoladi.
Energetikaning rivojlanish istiqbollariga noto‘g‘ri baho berish natijasida ahvol mushkullashdi. Birinchidan, qazib chiqariladigan yoqilg‘i (ko‘mir, neft, gaz) zaxiralari shu ma’noda bitmas-tuganmas deb taxmin qilinganki, yangi konlarning ochilishi yoqilg‘ining sarflanishidan anchagina oshib ketgan. Ikkinchidan, dastlabki atom reaktorlari muvaffaqiyatli ishga tushirilgandan keyin atom eneigetikasi yaqin vaqt ichida boshqa energetik manba’laming o‘mini bosadi deb taxmin qilingan. Bu ikkala taxmin (prognoz) noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Afsuski, mutaxassislar tabiiy yoqilg‘ining umumiy zaxiralarini emas, balki ularni qazib chiqarishning muhimligini juda kech tushunib etdilar.
Tabiiy yoqilg‘ini qazib olish darajasi texnologiya bilan belgilanadi. Masalan, ko'mir qazib chiqarishning mavjud texnologiyasida jahondagi ko‘mir zaxiralarining atigi 1/4 qismini qazib chiqarsa bo'ladi.
Energetik muammolar energetika, shu jumladan, atom energetikasining rivojlantirish ekologik oqibatlariga yetarlicha baho bermaslik tufayli yanada qiyinlashadi. Shunday qilib, energetika muammolari energetik resurslarining yetishmasligida emas, balki jamiyatning energiyani iqtisodiy va ekologik jihatdan oqilona usulda olishga layoqatsizligidan iborat. Aholining turmush darajasining o‘sib borishi, energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishiga olib keladi.
Butun dunyoda energiya iste’moli jadal sur’atda o‘sib bormoqda, bu o'sish texnika taraqqiyoti, sanoatning rivojlanishi hamda aholining ko‘payishi bilan yanada tezlashadi. XX asming boshlarida dunyoda

energiyaga bo‘lgan talab har 50 yilda ikki barobar oshgan bo‘lsa, hozirgi paytda esa 15-20 yilda ikki barobar ortmoqda. Hozir Yer shari aholosining energetik ehtiyojini qondirish uchun 10 mlrd tonna neft yoqilg‘isi ekvivalenti miqdorida energiya ishlatilyapti. Natijada atrof-muhitga 24 mlrd t zararli chiqindi chiqarilib, tabiatga jiddiy zarar yetmoqda. Tabiiy energiya manbalarining taxminan 20 % elektroenergiya hosil qilish uchun, 20 % transport uchun, 30 % sanoat uchun va 30 % binolami isitish va boshqa turmush ehtiyojlari uchun sarflanadi.
Mavjud energiya manbalari ikkiga, asliga qaytadigan va asliga qaytmaydigan manbalarga bo‘linadi. Asliga qaytadiganlariga quyosh energiyasi, shamol, suv, geogermal energiya manbalari kiradi. Asliga qaytmadiganlarga esa turli yoqilg'ilar neft, gaz ko‘mir. slanets. torf kiradi. Eneigiyaning yangi turlaridan biri bu atom energiyasidir. Ammo «Trimayl aylends» (AQSh) va Chernobil avariyalari sohasida hali yechilmagan muammolar (AESlaming xavfsizligini to‘la ta’minlash, radioaktiv chiqindilar, texnik jihatdan takomillashmaganlik va boshqalar) ko‘p.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin