2NH4I+Ni=NiI2+2NH3+H2 NiJ2 800°C da parchalanadi. NiJг-> Ni + J2 so‘ngra, J2 ga soda qo‘shib 600—700°C da qizdiriladi.
I2+Na2CO -2NaI+C02+ ^02 Hosil bo‘lgan NaJ va C02 ga reaksiyaning birinchi bosqichida hosil boigan NH3 ni qo‘shib yana NH4J olinadi: 2Nal+2NH +CO+H,0=Na,C0 +2NH I 3 2 2 2 3 4 Dunyoda 1977- yilda 30 mln.t. vodorod ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1985- yilga kelib bu ko'rsatgich 50 mln. t. bo‘ldi. Ayniqsa, termoyadro reaksiyalari ning energiyasidan foydalanish juda istiqbollidir. Chunki bu reaksiyada ishlatiladigan xomashyo manbai ham bitmas tuganmasdir. Bunda vodorodning og‘ir izotopi deyteriy va ozgina tritiy ishlatiladi. 2D+3T->42H-e+J,n+17,6 MeV Bu reaksiya uranni parchalanish reaksiyasidan (AES lardan uranni parchalanishidan chiqadigan energiyadan foydalaniladi). Farqi va ajoyib ustunligi shundaki, bu reaksiyada radiaktiv moddalar hosil bo‘lmaydi. Demak, atom egnegiyasi radiatsiya xavfidan batamom ozod bo‘ladi. Bunday qurilmalaming avariyasi ham xavfli hisoblan- maydi. Bundan tashqari termoyadro reaksiyasi natijasida olingan energiya miqdori ham ko‘p bo'ladi. 1 g D va T aralashmasi ning termoyadro reaksiyasi natijasida 35-107 kJ energiya ajralib chiqadi, bu 1 guran 235 ning parchalanishidan ajralib chiqqan, energiyadan 5 marta ortiqdir. 1 litr suvdagi deyteriy energiyasi 300 1 benzin yonganda chiqadigan energiyaga ekvivalentdir. Yerda esa 14.10201 suv bor. Hoziigi hisob kitoblarga ko‘ra dengiz va okean suvlaridagi deyteriy zaxiralari 1021 tonna neftga ekvivalentdir. Deyteriyning Yer yuzasidagi miqdori taxminan 4.1019 tonna. Termoyadro reaksiyalarini ham hozirgi paytda boshqarish yo‘llari topildi. Yaqin kelajakda asosiy energiya manbai termoyadro reaksiyalarining energiyasi bo‘lib qolishi ham mumkin. §. YoqilgM va uni qayta ishlash
Tabiiy yoki suniy organik yonuvchi moddalar yoqilg‘i deyiladi. Ular energiya manbai hamda kimyo sanoatining xomashyosidir. Agregat holatiga qarab barcha yoqilg‘ilar: qattiq, suyuq va gazsimonga bo‘linadi.
Qattiq yoqilg'ini yuqori yuqori haroratda qayta ishlash asosan uch yunalishda: piroliz, gazifikatsiya va gidrogenlash orqali amaga oshiriladi. Piroliz usuli qattiq yoqilg‘ini yopiq idishda, havosiz muhitda qizdirishga asoslangan. Bunday sharoitda yirik molekulalar parchalanadi va hosil bo‘lgan mahsulotlar ikkilamchi o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan, ularning polimerlanishi, kondensatsiya, aromatizatsiya va alkillanish reaksiyalariga kirishishi va boshqalar. Bu jarayonlar endotermik bo‘lganligi uchun issiqlikni uzluksiz tashqaridan berib turiladi. Olinadigan mahsulotlami qanday maqsadda ishlatilishiga qarab piroliz har xil haroratlarda: past haroratli piroliz (500-580°C) yoki yarim kokslash, yuqori haroratli piroliz (90°- 1050°C) yoki kokslash sharoitlarida olib boriladi. Gazifikatsiya deb qattiq yoqilg‘ining organik moddalarini gazlashtiruvchi moddalar (havo, suv bug‘i, kislorod yoki ulaming aralashmasini 1000°C haroratda) bilan chala oksidlash orqali gazlar aralashmasiga aylantirishga aytiladi. Bu jarayon gaz generatorida (reaktorida) ekzotermik reaksiya tufayli amalga oshadi. Reaktorga gazlashtiruvchi moddalar bilan yoqilg‘i aralashmasi purkaladi. Gidrogenlash deb qattiq yoqilg‘ini 380—550°C harorat va 20— 70 MPa bosimda katalizator ishtirokida vodorod bilan ishlov berishga aytiladi. Bunday sharoitda ko‘mirning tarkibidagi organik moddalaming kuchsiz molekulalararo, (molekula ichidagi) bog'lari
uzilib, to‘yinmagan molekulalariga vodorod birikadi. Bir yo‘la oltingugurt, kislorod va azot saqlovchi birikmalari ham gidrogenlanib H2S, H20 va NH3 hosil qiladi. Gidrogenlash mahsulotlari yengil uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo‘lib, tarkibida kam miqdorda S, 02 va N2 saqlovchi yengil neft mahsulotlariga tarkibi jihatdan juda o‘xshash bo‘ladi. Sifati past bo‘lgan toshko‘mimi gidrogenlash (yoqilg‘ini suyuqlantirish) sun’iy benzin va boshqa neft mahsulotlari olishning istiqbolli usulidir. Bu jarayon uchun juda yuqori bosim talab qilinishi bu usulning hozirgacha keng tarqalishiga to‘siq bo‘lib turibdi. §. Qattiq yoqilgini qayta ishlash
Qattiq yoqilg'ini qayta ishlash natijasida turli mahsulotlar olinadi. Ulardan xalq xo‘jaligi uchun koks (metallurgiya sanoatining asosi), yarim koks, neft, mahsulotlari o‘rnida ishlatiladigan mahsulotlar, aromatik birikmalar — benzol va uning gomologlari, sintez gaz (SO va N2 aralashmasi) vodorod va boshqalar juda zarur mahsulotlardir. Bulardan tashqari toshko‘mirni qayta ishlashda kimyo sanoatida xomashyo sifatida qo‘llaniladigan turli organik mahsulotlar ham olinadi. Yarimkokslash. Yarimkokslashdan maqsad past siftli ko'mirdan (kokslashga yaramaydigan toshko‘mir) yoki slanesdan kimyoviy hom ashyo hamda suyuq va gazsimon sintetik yoqilg‘ilar olishdir. Yarimkokslash mahsulotlari — smola, gazlar birlamchi mahsulotlar deyiladi, chunki ular qattiq yoqilg‘ini pirolizida, (pirolizning boshlang‘ich boskichida) hosil bo‘ladi. Yarimkokslashning birlamchi mahsulotlari unumli va tarkibi dastlabki yoqilg‘ining tipiga bog‘liq bo‘ladi. Yarimkokslash mahsulotlarining taxminiy tarqibi — 7- jad- valda berishgan. Yarimkoks — bu mo‘rt xoldagi qattiq yoki kukunsimon material bo‘lib u juda reaksion aktiv, xamda issiqlik beruvchi yoqilg‘i, kokslashda shixta komponenti, gazifikatsiyalash uchun dastlabki modda sifatida ishlatilishi mumkin. Yarim kokslash smolasi benzin, kerosin va shu kabi boshka suniy motor yoqilg‘isining manbai hisoblanadi. Kaysikim tabiiy neft mahsulotlari qabi smolani haydash yoki uni destruksiyalash orqali olinadi.