2NH4Cl+Ca(0H)2=CaCl2+2H20+2NH3 ammoniy tuzlari parchalanib ammiak ajralib chiqadi va qizdirgichda (6) qizigan (50—60°C gacha) gaz bilan qo'shilib saturatorga (7) kiradi va ((NH4)2S04 ga aylanadi. Saturatordan sentrefuga yordamida ammoniy sulfat ajratib olish uchun yuqori harorat qaynovchi moy (absorbsiyalovchi moy) ishlatiladi. Benzol va gomologlarini erishini kuchaytirish uchun gaz bevosita ta’sir etuvchi sovutkichda (8) suv bilan sovutiladi (Suvdan naftalin ajratib olinadi). Gaz sovutkichda 20°C sovuydi. So‘ngra gaz yuttirish minoralari (9, 10) orqali o‘tkaziladi (Minora ichi yog'och nasadka bilan to'lgazilgan bo'ladi. Minoralar (10) sovuq moy bilan sug'oriladi. Qarama-qarshi oqim prinsipida). Horn benzolning moydagi eritmasi rektifikatsiyalanib horn benzol yuttiruvchi moy regeneratsiyalanib ajratib olinadi. 0‘zbekistonda qattiq yoqilg'i asosan Ruzaoova va toshko‘mirdir. Respublikamizda toshko'mir qazib olish 1941- yillardan Angren ko£mir koni topilgach boshlandi. 1944- yili Shargun va Kuxitong ko‘mir konlari topilib ishga tushiriladi. Hozirgi paytda Angrendan har yili 5—6 mln.t. Shargundan esa 0,20, 25 mln.t. ko‘mir qazib olinmoqda. Ammo bizda ko‘mir kokslash zavodlari hozircha yo‘k. G‘o‘zapoya esa respublikamizdagi gidroliz zavodlarining hom ashyosi hisoblanadi.