Toshkent yangiyul poligraph service


Olinishi. Aluminiyni 1886- yilda M. Charlz, Xol (AQSh) va Pol Eru (Fransiya) bir-biridan xabarsiz holda A1



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə151/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Olinishi. Aluminiyni 1886- yilda M. Charlz, Xol (AQSh) va Pol Eru (Fransiya) bir-biridan xabarsiz holda A1203 dan elektroliz

qilib olish usulini ishlab chiqdilar. Shu usulga binoan aluminiy, aluminiy oksidi (A1203) bilan kriolit (Na3AlF6) aralashmasi suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi. Aluminiy oksidini (glinozyomni) olish uchun aluminiyning turli rudalari: boksit, nefelin, alunit, kaolin va boshqalar ishlatiladi.
Boksit - tog‘ jinsi bo'lib, tarkibida 32- 60 % (massa bo‘yicha ) gacha turlicha gidratlangan aluminiy oksidi A1203 H20; A12033H20 saqlaydi, yana 2 - 20 % gacha kremniy oksidi - Si02 temir, titan marganets, kalsiy, magniy oksidlari vaboshqalami saqlaydi. Uning yirik konlariRassiyavaQozog‘istondajoylashgan, 0‘zbekistonda ham uning konlari bor. Boksitli konlar Farg‘ona vodiysida, Boysunda va Karmana tog‘larida joylashgan (o‘rtacha sifatli konlariga Jaloyir, Nurota, Qizilbo‘loq, Qizilqumdagi Oqtov konlarini ko'rsatish mumkin). Nefelin bu ishqoriy alumosilkat bo‘lib, (Na,K)20.Al203- 2Si02 . 2H20 - minerali shaklida yoki apatit - nefelinli rudalar shaklida uchraydi. Keyingisidan fosforli o‘g‘it olish uchun qayta ishlanib apatitli konsentrat olinadi. Qolgan chiqindisi — qoldig‘i flotatsiyalanib nefelinli konsentratga (tarkibida 30 % gacha A1203 saqlaydi) aylantiriladi.
Alunit — ( Na,K)2S04 .Al2( S04)3. 4A1 (OH)3 rudasi tarkibida 20 % - gacha A1203 saqlaydi. 0‘zbekistonda alunit koni Ohangaronda joylashgan.
Kaolin - A1203.2 Si02. 2H20 rudasi toza holda kam uchraydi, tarkibida asosan, qum va boshqalar bilan ifloslangan holda keng tarqalgan sarg‘ish, qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Kaolin koni 0‘zbekistondagi Angerenda - Oltintov va Bukatovdadir.
Ruda tarkibiga qarab glinazyomni (A1203) ajratib tozalab olish uchun ishqoriy, kislotali va elektrotermik usullardan foydalaniladi.
Ho‘I ishqoriy usul. 1886- yilda Rossiyada К. I. Bayer tomonidan kashf etilgan bo‘lib, Bayer usuli ham deyiladi. Bu usul ruda tarkibidagi Al203ni ishqor bilan eritib eritmani erimaydigan qo‘shimchalardan ajratib olishga asoslangan. Bu usulda 5 % gacha Si02 saqlovchi boksitni qayta ishlash iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, bundan ortiq bo‘lsa, anchagina A1203 va NaOH yo‘qotiladi.
Bu usulda aluminiy oksidini olish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichi xomashyoni tayyorlash. Bunda boksit dag‘al maydalanadi va sharli maydalagichda ishlatilgan ishqor eritmasi ishtirokida yana maydalanadi (suyuqlikda maydalanadi) kukun holga keltirilib suspenziya hosil qilinadi. Ikkinchi bosqich boksitni eritish. Bu bosqichda boksit suspenziyasi ishlatilgan natriy aluminatli eritmada (aluminatli eritmada oksidga hisoblanganda 300 g/1 Na20 bo'ladi). 4­6 soat mobaynida avtolavda 0,4-1,5 MPa bosimda issiq suv bilan 150-200°C qizdiriladi. Boksit ishqor ta’sirida eruvchan birikmaga aylanadi. Reaksiya jarayonida boksit tarkibidagi glinozyom va kremnezyom eritmaga o‘tadi:

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin