0‘z-o‘zidan alangalanib ketishi setan soni bilan baholanadi. Setan soni qanchalik yuqori bo‘lsa, yoqilg‘i shunchalik sifatli hisoblanadi. Setan dizel yoqilg'isini glaloaaralashma bilan taqqoslab ko‘rish orqali aniqlanadi. Etalon aralashma bu setan (geksadekan C16H34 uning sitan soni «100» deb qabul qilingan) va a -metil naftalin - C10H7CH3 (setan soni «0» deb qabul qilingan) aralashmasidan iborat bo‘lib, dizel yoqilg'ilarida setan soni 40 dan 50 gacha bo‘ladi. Dizel yoqilg'isining setan soni, yoqilg'iga yuqori molekular prafin uglevodorodlari, yoki perekis moddalar qo'shish bilan oshiriladi. Reaktiv yoqilg‘ilar. Hozirgi zamon aviatsiyasida havo turboreaktiv dvigatellar qo‘llaniladi. Bunday dvigatellarda yoqilg‘i sifatida qaynash harorati 150—280°C bo'lgan kerosin fraksivasi ishlatiladi. Tovushdan tez uchar samolyotlarda esa (ular juda balandda uchadi) qaynash harorati 195—315°C bo‘lgan kerosin faksivalari ishlatiladi. Reaktiv yoqilg'ilar smola hosil qilish xossasiga ega bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar yoqilg‘i sistemasini ifloslovchi (tiqilib )qolishiga sababchi bo‘ladigan kristallanuvchi parafinlar saqlamasligi kerak. Aromatik uglevodorodlar qasmoq hosil qilishga moyil bo‘lganligi hamda gigroskopikligi uchun kamroq bo'lishi kerak. Muzlash harorati esa — 60°C_dan kam bo‘lmasligi lozim. Qozon yoqilg‘isi sifatida neftni qayta ishlash mahsulotlari gaz. neft^_mazut va boshqalar ishlatiladi. Ular teplovozlarning, paraxodlarning issiqlik elektr stansiyalarining, sanoat pechlarining o‘txonasida yoqiladi. Surkov moylari harakatdagi qismlami bir-biriga tegib joylarining ishqalanishini kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda ishqalanishga kam energiya sarflanadi, mexanizmlarning mustahkamligi ta’minlanadi, ulaming yedirilishining oldi olinadi.