Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratlash bir bosqichda boradi. CH2 = CH2 + HOH = CH3CH2OH + 46 kJ Haroratni pasaytirish va bosimni oshirish muvozanatni etilenni gidratlash tomonga siljitadi (105- rasm). Ammo bosimni 3 MPa dan
oshirish iqtisodiy jihatdan foydali emas. Past haroratdan foydalanish esa reaksiya tezligini ancha kamaytiradi. Shuning uchun reaksiyaga kirishmagan komponentlarni resirkulyalash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Barcha ma’lum katalizatorlardan silikagel, kizelgur, alumosilikat kabi g‘ovakli tashuvchilarga shim- dirilgan fosfat kislotasi nisbatan ancha samaralidir. Katalizatoming aktivligi kislota konsenratsiyasiga bog‘liq. 106- rasmda suv bug'ining parsial bosimi fosfat kislota konsentratsiyasiga bog‘liqligi berilgan. Etilenni to‘g‘ridan-to‘g‘ri gidratlashning optimal sharoiti aniqlangan bo‘lib, u 7-8 MPa bosim, 280—290°C harorat, katalizator yuzasidagi fosfat kislotasining konsentratsiyasi 83 % dan p ■|2 •S f' I* ast bo‘lmaydi. Sirkulyatsiya- lanadigan gaz tarkibida elementning konsentratsiyasi (hajm bo‘yicha) 80—85 %, suvning etilenga nisbatan molar hajmi 0,7 : 1, hajmiy tezlik 1800—2500 soat Shunday sharoitda 15—16 % li suvli spirtli eritma olinadi, etilenning konversiyasi reaktor orqali bir o‘tganda 4—5 % ni tashkil etadi. Etilen bo‘yicha umumiy unum — 95 %.