Katalizator 500°C da unumli ishlaydi, shundan keyin uning aktivligi kamayadi, chunki sirkulyatsiya gazlari fosfor kislotani o‘zi bilan uchirib olib ketadi (1 s.da 1 m
Katalizator 500°C da unumli ishlaydi, shundan keyin uning aktivligi kamayadi, chunki sirkulyatsiya gazlari fosfor kislotani o‘zi bilan uchirib olib ketadi (1 s.da 1 m3 katalizatordan 0,4 kg H3P04 olib ketiladi), shuning uchun unga ma’lum vaqt o'tgach, fosfot kislota shimdirib turiladi. Katalizator 900°C da regenera- tsiyalanadi.Etanol olish sxemasining qizdirish pechi bo‘lmagan varianti ham mavjud, unda dastlabki aralashmani qizdirish uchun zarur bo‘ladigan issiqlikni yuqori bosimli (7 MPa) qizdirilgan bug‘ bilan etilenni aralashtirish hisobiga olinadi. Etilenni to‘g‘ri gidratlash sulfat kislotali usulga nisbatan katta ustunlikka ega. Masalan, bu bir bosqichda boruvchi jarayon hisoblanadi, spirt unumi ancha katta, ko‘p miqdorda sulfat kislota va uni bug‘lantirishga energiya sarf qilinmaydi. Olingan spirtning tan narxi kislotali usulda olinganidan 20% arzon turadi. To‘g‘ri gidrodlash usuli birlik quwati katta bo'lgan qurilmalami yaratish imkoniyatini beradi. Bu usulning kamchiligi shundaki, bunda katalizatomi tez-tez almashtirib turish kerak bo‘ladi hamda yuqori konsentratsiyali etilen qo‘llanilishidadir. Kelgusida to‘g‘ri gidratlash usulining takomillashtirilishi asosan hozirgi ishlatilayotganida ko‘ra aktivroq va chidamliroq katalizator topish hamda jarayonning suyuq fazada olib borish yo‘llarini izlab topishdan iboratdir. Qurilmaning mahsuldorligi yiliga 150 ming t. ga teng. ^Jatanol (etil spirti yoki vino spirti) suyuq 78,39°C da qaynaydi(r= 0,7893 g/sm3 20°C), uning suv bilan aziatrop aralashmasi (95,6 % И) keng ko'lamda ishlatiladi. Uni oziq-ovqat sanoatida, tibbiyot, atir-upa sanoatida, transportda (antifris) ayniqsa, erituvchi sifatida hamda oiganik sintezning yarim xom mahsuloti sifatida keng ishlatiladi. [ Yana undan butadein ishlab chiqarishda, murakkab va oddiy efirlar, xloral, atsetaldegid sirka kislota olishda foydalaniladi.
\ Formaldegid sanoatda ikki xil usulda olinadi: 1) tabiiy gazlarni oksidlab; 2) metanolni oksidlab, uni degidrogenlash usuli ham deyiladi. Oksidlab degidrogenlashda (bu asosiy usul hisoblanadi) bir vaqtning o'zida endotermik degidrogenlash va ekzotermik oksidlash jarayonlari boradi.