Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə176/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

CH3OH-> HCHO+H2—85 kJ CH3OH+0.502-> HCH0+H20+156 kJ ^
Reaksiya adiabatik sharoitda bug1 havo aralashmasi (hajm bo'yicha 45 % metanol undan yuqori bo‘Isa, spirt portlaydi) konversiyasiga asoslangan holda olib boriladi. Asosiy reaksiyadan tashqari qo‘shimcha reaksiyalar ham boradi (bunda C0,C02,CH4,H20 lar hosil bo‘ladi):
HCH0+02^C02 + H20 HCHO-*CO+H2 H2+0,502^H20 CH30H+H2-^CH4+H20 ^
Oksidlab degidrogenlashda kam kislorod olinganligi uchun metanolning chuqur oksidlanish rivojlanmaydi. Katalizator sifatida pemzaga, mis turlariga yoki qirindilariga o‘tkazilgan kumushdan foydalaniladi.
Sirka aldegidi Kucherov reaksiyasi (18 81 - yil) yordamida olinar edi. Bunda ishlatiladigan simobli katalizatoming zaharli bo'lganligi uchun, hozirgi davrda asetilenni bug‘ fazali gidratlash usuli bilan sirka aldegidi olinadi. Bunda atsetilen 1:10 hajmiy nisbatda qattiq qizdirilgan suv bug‘i bilan aralashtirilib 400°C da fosfatli katalizator (CdHP04,Ca3(P04)2) qavati orqali o'tkaziladi.
СШСН+НОН^[СН2=СНОННН3СНО
t I
vinil spirti

Atsetilenga suvning birikishidan hosil bo'lgan vinil spirti darhol qayta guruhlanib, sirka aldegidiga aylanadi. Aldegidni tezlik bilan reaksion aralashmadan ajratib olish kerak, aks holda kondensatlanadi. Awal kroton aldegidiga aylanadi, so‘ngra smola hosil qiladi. Shuning uchun reaktorga (108- rasm) shunday miqdor asetilen yuboriladiki, uning bir qismi (40-50 %) reaksiyaga kirishishga ulguradi xolos. Reaksiyaga kirishmay qolgan qismi va suv bug‘i hosil bo‘lgan uchuvchan aldegidni (qaynash harorati 21°C) o‘zi bilan uchirib olib ketadi.
Reaksiyaga kirishmay qolgan atseti/en

  1. rasm. Atsetilenni bug1 fazali gidratlash yo‘li bilan sirka aldegid olish

sxemasi.
1 — aralashtirgich; 2 — reaktor; 3 — foydalanish (bug1) qozoni; 4 — suvli kondensator; 5 — yuvish minorasi.
Gazning o‘ta qizib ketmasligi uchun katalizator qavatlari oralig‘iga suv purkalib turiladi. Gaz awal foydalanish qozonida, so‘ngra kondensatorda sovitiladi. U yerda suv bug‘i va qisman sirka albdegidi kondensatlanadi. Keyin gaz tarelkali kolonnada sovitilgan suv (5- 10°C gacha) bilan yuviladi, qaysiki, u aldegidni yaxshi eritadi. Tozalangan gaz yangi porsiya atsetilen bilan qo'shilib yana reaktorga kiritiladi. Asetilenni gidratlashda sirkulyatsiyadan foydalaniladi. Kondensatorda va kolonnada hosil bo‘lgan aldegidning suli eritmasi haydovchi rektifikatsiya kolonnasiga boradi. Unda hosil bo‘lgan aldegid bug‘lari ikkinchi rektifikatsiya kolonnasining o‘rta qismiga o‘tadi (har ikkala kolonna ham rasmda ko‘rsatilmagan) keyingi kolonnada begona qo'shimchalardan ajralib tozalanadi va sho‘robali sovitgichlarda kondensatlab olinadi. Sirka aldegidning unumi reaksiyaga kirishgan atsetilenga nisbatan 85 % tashkil etadi.
Sirka aldegidi olishning iqtisodiy jihatdan foydali usuli, uni atsetilenga nisbatan arzon ashyo hisoblangan etilenni oksidlab olishdir. Etilenni oksidlash paladiy (II) xloridi va uni regeniratsiyalash uchun oksidlovchi mis (II) xloridning suvdagi eritmasidan iborat katalizator eritmasida olib boriladi. Jarayon bir bosqichli.
Ichi 100°C haroratgacha qizdirilgan katalizator suyuqligi bilan to‘lg‘azilgan kolonna tipidagi reaktorning ostki qismiga 0,1 MPa bosimda mayda pufakchalar shaklida etilen gazi yuboriladi. Etilenning 30-50% yutilishiga ulguradi, bunda quyidagicha reaksiya ketadi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin