Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə184/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

2Ы(СН2)бСОЫН(СН2)бС00Н+Н2О H2N(CH2)6CONH(CH2)6COOH+HNH(CH2)6COOH-> ->H2N(CH2)6C0NH(CH2)6C0NH(CH2)6C00H+H20 va shu kabi to polimergacha H[—HN(CH2)6CO-]nOH+(n— 1)H20.
Dastlabki monomeming tabiatiga va qo‘llaniladigan usulga qarab polikondensatlanish qaytar (muvozanatli) va qaytmas bo'ladi. Qaytar polikondensatlanishda reaksiya zonasidan kichik molekular massali qo‘shimcha mahsulotlari tezlik bilan chiqarib turilsa, jarayon tezligi ortadi. Qaytmas polikondensatlanish katta tezlikda boradi. Polikondensatlanish jarayonida polimerning molekular massasi doim o‘sib boradi va reaksiya muhitining qovushqoqligi ortadi. Hosil bo‘lgan makromolekulaning harakatchanligi (oquvchanligi) kamayadi va qo‘shimcha mahsulotlami ajratib olish qiyinlashadi. Bu holat jarayonning sekinlashuviga va to'xtab qolishiga olib keladi.
Dastlabki monomerning tabiatiga va polikondensatlanish sharoitiga qarab hosil bo'lgan polimer chiziqli (poliamidlar poliefirlar) va uch o‘lchamli (aminoplastlar, fenoplastlar, to'yinmagan poliefirlar) tuzilishga ega bo‘ladi. Polikondcnsatlash katalizator ishtirokida yoki katalizatorsiz olib borilishi mumkin. Foydalaniladigan katalizatoming tabiatiga qarab olinadigan polimerning xossalariga ta’sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, fenol va formaldegid kislotali katalizator ishtirokida polikondensatlangan novolak termoplastik smolasi hosil bo‘lsa, ishqoriy katalizator ishtirokida esa termoreaktiv rezol smolasi hosil bo‘ladi.
Sanoatda polikondensatlanish suyuqlanmalarda, eritmalarda yoki fazalar bo‘limi yuzasida olib boriladi. Suyuqlanmalarda polikondensatlanishdan moddalar va hosil bo‘ladigan polimer suyuqlantirilgan holatda uzoq muddatgacha parchalanmay tura olsagina foydalaniladi. Bu usulda poliefirlar, yuqori sifatli poliamidlar olinadi.

Eritmalarda polikondensatlanish jarayoni monomer va hosil bo‘luvchi polimer erituvchida erisa yoki faqat dastlabki komponentlar eriganda qo‘llaniladi. Eritmada polikondensatlanish jarayoni katta tezlikda boradi. Ammo polimemi yaxshilab tozalash haqida erituvchini regeneratsiyalash zarur bo‘ladi.
Fazalar bo'limi yuzasida polikondensatlanish har qaysi erituvchida monomerlar alohida-alohida eritilgan, bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikda olib boriladi. Erituvchi sifatida ko‘pincha suv va uglevodorodlar ishlatiladi. Polikondensat- lanishning bu turi juda katta tezlikda boradi, shuning uchun plyonka va tolani bevosita fazalar bo'limi chegarasida olish mumkin.
Polimerning qotishi chiziqli tarmoqlangan polimerni uch o‘lchamli holatga o‘tkazishdir. U qizdirish, nurlantirish yoki reagentlar ta’sir ettirish va boshqa usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan, ko'pgina polikondensatlanish orqali olingan smolalarni geksametilentetramin (urotropin) bilan qizdirilganda, ular qotadi (urotropin) formaldegid va ammiakka parchalanadi.
Sintetik yuqori molekular birikmalar (polimer olingandan so'ng tozalanadi va maydalanib donalar yoki kukunsimon shaklga keltiriladi).


  1. Yüklə 5,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin