C6H5- CH2- СНз+lOOkJ Etilbenzol Reaksiya, qo‘shimcha reaksiyalar, asosan di-, tri- etilbenzollar hosil bo‘lishi bilan boradi. Katalizator to'xtovsiz reaktorga tushib turishi uchun uni aluminiy xloridi, dietilbenzol, benzol va etil xlorid aralashmasidan (suyuq holda) tayyorlanadi. Dietilbenzol va etilxlorid polialkilbenzol hosil qiUsh bilan boradigan qo‘shimcha reaksiyalami kamaytirish uchun qo‘shiladi. Alkillash balandligi 10 m, diametri m bo'lgan kolonna tipidagi emallangan reaktorda olib boriladi. Reaksion aralashma ishqor bilan yuvilgach ikkita rektifikatsiya kolonnasida ajratiladi. Birinchisida benzol haydaladi va yana qayta reaktorga kiritiladi, ikkinchisida etilbenzol va dietilbenzol, keyingisining bir qismi katalizator kompleksini tayyorlanish uchun yuboriladi. Etilbenzolning unumi benzolga nisbatan 90—95%ni tashkil etadi. Ishlab chiqarishda 11. etilbenzolga 0,771. benzol, 0,31. etilen va 25-30 kg aluminiy xlorid sarflanadi:
Ikkinchi bosqichda etilbenzol degidrogenlanadi: -H2 QH5CH2CH3 > C6H5CH=CH2 Bunda ham benzol, toluol, etilen, metan, almashgan stilbenlar hosil bo‘Iishiga olib keluvchi qo‘shimcha reaksiyalar boradi. Degidrogenlanganda reaksion sistemaning hajmi ortadi, shuning uchun bosimni kamaytirish talab qilinadi. Buning uchun reaktorga 700—750°C qizigan suv bug‘i kiritish bilan etilbenzolning parsial bosimi kamaytiriladi, bu bir vaqtning o‘zida issiqlikni tashuvchi vazifasini ham o‘taydi. Etilbenzol va bug‘ning mol nisbatlari 1:15. Katalizatorlardan stirol-kontakt katalizatori (8 % li rux oksidi, 5 % CaO ,5 % kaliy sulfat, 3 % kaliy xromat, 2 % KOH) keng qo‘llaniladi. Etilbenzol adiabatik va quvursimon tipdagi reaktorlarda degidrogenlanadi. Polimerlanishning oldini olish uchun haydash jarayoni past bosimda (0,4 kPa) olib boriladi (stirolning qaynash harorati 54°C) olingan toza stirolga ingibitor gidroxinon qo‘shiladi. Stirolning unumi 90 %. Xuddi shunday sxema bo‘yicha benzol va propilendan awal kumol (izopropilbenzol), so‘ngra uni degidrogenlash bilan a- metilstirol olinadi.
Kaprolaktam (e — aminokpron kislota laktami) asosan benzolni gidrogenlab olinadi. Gidrogenlash aluminiy oksidiga qo'shilgan nikel katalizatori ishtirokida, 0,1 MPa bosimda, 160-200°C da, ortiqcha vodorod ishtirokida, gaz fazada olib boriladi yoki suyuq fazada 250- 280°C da, 0,35 MPa bosimda platina katalizatori bilan to‘lg‘azilgan kolonna tipidagi reaktorda gidrogenlanadi. Keyingisida olingan siklogeksan katta unum bilan chiqadi (siklo- geksanning qaynash harorati (q/h) 8ГС), unumdorlik 120 ming t/yilga teng : C6H6+3H2-> C6Hl2 Ikkinchi bosqichda kobalt stearati yoki naftenatidan iborat katalizator ishtirokida 0,2 MPa bosimda 180—200°C da siklogeksan havo kislorodi bilan suyuq fazada oksidlantiriladi. Oksidlash, siklogeksanolga aylanishi 8 -10 % dan oshmasligi uchun juda ohistalik bilan olib boriladi. Rektifikatsiyalab haydashdan qolgan qoldiq reaksiyaga kirishgan siglogeksanga hisoblanganda 80 % siklogeksanol (q/h = 160°C) va 20% siklogeksanon (q/h = 155°C) aralashmasidan iborat bo‘ladi. So‘ngra aralashma yana rektifikatsiyalanib ajratiladi. Uchinchi bosqichda siklogeksanoldan 450°Cda ruxlangan temir katalizatori yuzasida vodorodni ajratib olish orqali oksidlab, siklogeksanon olinadi H2CCH2 H2CCH2 H2C < > CH-OH /-n/h-e> H2C<^ N C=0+H2 сн2 сн2 отx:h2 siklogeksanol siklogeksanon 450°C gacha qizdirilgan siklogeksanol bug‘larli ichi katalizator bilan to‘lg‘azilgan quvursimon kontakt apparatiga kiritiladi, u yoqilg‘i gazi bilan qizdiriladi. Reaksiya natijasida olingan vodorod tozalanib sintezning birinchi bosqichida ishlatiladi. Siklogeksanon
rektifikatsiyalanib, reaksiyaga kirishmay qolgan siklogeksanoldan ajratib olinadi. Unumi 93 %. To‘rtinchi bosqichda siklogeksanonga gidroksilamin (NH2OH) ta’sir ettirib, uning oksimi olinadi: H2(^_CH2H2C_CH2 H2C< >C=0+NH20H ^H2C < > c=n-oh+h2o CH2 CH2 CH2 CH2 siklogeksanonning oksimi Gidroksilamin esa uning tuziga ammiak ta’sir ettirib olinadi: 2NH40H H2S04+2NH3—>(NH4)2S04+2NH20H i Gidroksilamin sulfatning suvdagi eritmasiga ammiak va siklogeksanon qo‘shib, 90°C gacha qizdiriladi. Oksim moysimon qavat hosil qilib ajraladi (unumi 93 %), suv bilan yuviladi va sintezning beshinchi bosqichi uchun ishlatiladi. Beshinchi bosqichida oksimga 20% li oleum (H2S04) ta’sir ettiriladi, natijada Begman bo‘yicha guruhlanish borib kaprolaktamga aylanadi: H2C CH2 /CH2-CH2-CO H2C < > C=N—OH CH2 CH2 ^ xch2-ch2-nh Po‘lat reaktorda harorati 100°C bo‘lganda oleumga oksim qo‘shiladi va zmeviklarda (burama spiralsimon naycha) suv bilan sovitiladi. Hosil bo'lgan laktam eritmasi suvga qo‘yiladi va ammiak bilan neytrallanadi. Suyuqlangan kaprolaktam ajratiladi va ikki marta vakuumda haydab olinadi (q/h 68-69°C). Unumdoriligi 50 ming t/ yilga teng. Kaprolaktam fenolni platina katalizatori yordamida oksidlab ham olinadi. Ammo bu ko‘p bosqichli (6 bosqich) va iqtisodiy jihatdan foydali emas. Ammo yaqinda venger olimlari kaprolaktam olish uchun fenolning bir bosqichli gidratlanish usulini kashf etib, ishlab chiqarishga joriy qildilar.