Plastik massa(qisqacha plastmassa) deb, yopishtirgich (polimer), to‘ldiruvchi va plastifikator aralashmasidan olinadigan materiallaiga aytiladi. Aralashmaga ko‘pincha boshqa moddalar ham qo‘shiladi. Ular yuqori harorat va bosimda shakl berish mumkin bo‘lgan plastik holatga o‘tadilar, sovitilgach berilgan shaklni saqlab qoladi. Barcha plastmassalami polimerning tabiatiga qarab to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 1) Polimerlanish orqali olingan polimer asosidagi plastmassalar (polietilen va uning hosilalari, polistirol va boshqalar asosida olinganlari); 2) Polikondensatlanish polimerlari asosida plastmassalar (fenolformaldegidli, aminoformaldegidli, kremniy organik poliefir va boshqa smolalar); 3) Tabiiy polimerlami kimyoviy o'zgartirib olingan polimerlardan tayyorlangan plastmassalar (sellyulozaning oddiy va murakkab efirlari); 4) Tabiiy va neft asfaltlari, organik birikmalarining destruksiya mahsulotlari asosida olinadigan plastmassalar. Platmassalar tarkibiga qarab to‘ldirgichsiz qo'shimchalari juda kam bo'lgan amalda asosan polimerdan tashkil topgan plastmassalar va to‘ldirgichli, polimerdan tashqari to'ldirgichlari, plastifikatorlari, bo'yoqlari stabilizatorlari (turg'unlagich) qotirgichlari va boshqa qo‘shimchalari bo'lgan plastmassalar. Toldirgichlar qattiq moddalar bo‘lib, plastmassaning mexanik yoki dielektrik xossalarini kuchaytiradi, shakl berganda o'tirishini (cho‘kishini) va buyumning tannarxini kamaytiradi. To‘ldirgichlar ko'pincha tashqi ko‘rinishini, yonmasligini, suvga chidamliligini yaxshilaydi. To'ldirgich sifatida organik va mineral birikmalar ishlatiladi. Ular kukunsimon (yog‘och, slyuda, kvars kukunlari, qurum, grafit, bariy sulfat, kaolin, talk) tolasimon (paxta, asbest va shisha tolalari) bo‘lakchalar ko‘rinishida (yog‘och kipiklari va turli materiallaning qiyqimlari) polotno ko‘rinishida (qog‘oz, tekstil va shisha gazlamalari) bo'lishi mumkin. Plastifikatorlar suyuq, kam uchuvchan organik moddalar bo‘lib, buyumga shakl berishni osonlashtiradi va plastmassa xossalarini ijobiy tomonga o‘zgartiradi. 120- rasmda polimerning mexanik xossalarini (plastifikatoming miqdoriga) grafik bogMiqligi ko'rsatilgan. Plastifikator miqdori ortishi bilan molekulalararo o‘zaro tasirning kamayishi tufayli plastmassaning mustahkamligi chizilish va siqilishga nisbatan kamayadi, ammo zarbga nisbatan ortadi. Plastifikator sifatida alkilftalatlar, trikrezilfosfat, kastor moyi, sebatsin kislotasi efirlari keng foydalaniladi.
Bo‘yoqlar plastmassaga rang beruvchi organik yoki mineral moddalardir. Ular plastmassaga yaxshi aralashib, singib ketuvchi yoki polimerda eriydiganbo‘lishi, termik mustahkam, nur tasiriga chidamli, suvda erimaydigan, buyumga shakl berish va undan foydalanish davrida ham rangini yo'qotmaydigan bo'lishi kerak.