Qotirgichlar, chiziqli makromolekulalami biriktirib («tikib») uch o'lchamli polimer strukturasini hosil qiladigan moddalardir. Qotirgich sifatida geksametilentetraamin, dikarbon kislotalar, diaminlar, oltingugurt, to'yinmagan birikmalar va boshqa makromolekulaning funksional guruhlari bilan birika oladigan moddalar ishlatiladi. Plastmassalar tarkibida presslashni osonlashtiruvchi — moylovchi, ya’ni surtiladigan moddalar (metall stearatlar), shakl berish paytida yoki qotayotganda gaz ajratib chiqarib g'ovaklar hosil qiluvchi birikmalar, polimeming dastlabki xossasini saqlab qolishini ta’minlovchi — turg‘unlashtirgichlar (eskirishni oldini oluvchilar), mikroorganizmlar tomonidan parchalanishning oldini oladigan - fungisid va boshqa biologik aktiv qo‘shimchalar qo‘shiladi. Plastmassalar amalda sanoatning barcha tarmoqlarida qo'llaniladi. Ular mashinalar uchun ajoyib konstruksion materiallar sifatida, agressiv reagentlarga chidamliligidan kimyo sanoatida, elektro- izolyator xossasi borligidan elektro, radiotexnikada, mikroelek- tronikada, issiqlik va tovushni yomon o‘tkazganligidan sovitgichlar sanoatda yengilligidan transport va aviatsiyada, tibbiyotda keng ko'lamda ishlatiladi. Ulaming ko‘rinishi chiroyli, arzon, zaharsiz, shakl berish osonligi va yengilligidan о‘rash - joylash materiallari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashda ham keng qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda ulaming kamchiliklari ham bor. Masalan, ular yuqori haroratga chidamsiz (ko‘pchilik turlari 150°C ga chidamli bo'ladilar xolos), yonuvchi, eskiradi (tashqi ko‘rinishi va mexanik xossalari yomonlashadi). Polikondensatlanish polimerlari va ular asosida olinadigan plastmassalar. Polikondensatlanish polimerlari (smolasi) ishlab chiqarishda: fenolaldegidli, aminoaldegidli poliefirli, poliamidli va boshqa xillari ko‘p ishlatildai. Ulaming bazilari termoplastik bo‘lsa, ba’zilari termoreaktivdir. Harorat ko‘tarilishi bilan ulaming fizik-kimyoviy xossalari, polimerlanish smolalariga nisbatan kam o'zgaradi. Aldegidli smolalar olish uchun: fenollar, krezollar, ksilenollar, anilin, melanin, mochevina, tiamochevina va aldegidlardan (formal- degid, asetaldegid, furfural) foydalaniladi. Poliefir smolalar, glitserin va ikki asosli kislotalar ftal, fumar va adipin kislotalaridan tayyorlanadi. Epoksid smolalari uchun epixlorgidrin va difenilopropanlar xomashyo hisoblanadi. Kremniy organik polimerla dixlor yoki trixlorsilanlar va tegishli efirlardan sintezlanadi. Ushbu xomashyo- laming qariyb barchasini neftkimyo kombinatlari yetkazib beradi.