Toshkent yangiyul poligraph service


Polivinilxlorid ishlab chiqarish



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə196/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Polivinilxlorid ishlab chiqarish 1937- yildan boshlandi, uni ishlab chiqarish uch xil usulda: blokda suspenziyada va emulsiyada amalga oshiradi. Emulsiya usulida reaktor (124- rasm) ga toza suv, 5 % lijelatina eritmasi - emulgator (vinilxlorid massasining 0,6 % li miqdorida) va inisiator (monomer massasining 0,3-0,7% li miqdorda benzol peroksidi) hamda suv massasiga teng miqdorda vinilxlorid solinadi.
Polimerlash, 0,5-0,6 MPa bosimda va 35-70°C da reaksion massani aralashtirgan holda olib boriladi.
Polimerlash reaktordagi bosimni 0,2 MPa gacha kamaytirish bilan tugallanadi.
Reaksiyaga kirishmagan vinilxlorid puflab chiqarib olinadi va tozalashga
yuboriladi, reaksiya mahsulotiga (95°C da) ishqor bilan ishlov beriladi, (initsiator va emulgatomi parchalash va ajratib olish uchun), so'ngra siqiladi va quritiladi. Emulsion polivinilxlorid 140°C da yumshaydi, 170°C da suyuqlanadi va parchalanadi, — 10°C da mo‘rt bo‘lib qoladi, yonmaydi, amalda erimaydi, kislota va ishqorlar tasirida chidamli.
Polivinilxloriddan ikki tipdagi plastmassalar: qattiq-vinilplast (ko‘p plastifikator saqlovchi) va yumshoq plastikat olinadi. Plastikatdan turli rangdagi plyonkalar, fartuklar, plashlar, galantariya mahsulotlari va simlar izolyatsiyasi, charm, grammafon plastinkalari, linoleumlar va boshqalar tayyorlanadi.
Sanoatda yana bir qancha muhim polimerlar va ular asosida ko‘plab plastmassalar (polipropilen, polistirol, organik shisha va boshqalar) ishlab chiqarilmoqda.
So‘nggi yillarda polimerlaming nuqsonlarini birmuncha kamayti- rishga erishildi. Polimerlaming termodestruksiyasi mexanizmini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, polimer tarkibidagi vodorod atomi bu jarayonining inisiatori ekan. Shuning uchun tarkibida vodorod atomi bo‘lmagan polimer sintezlanadi va ular 600— 1000°C ga ham chidaydi. Masalan, hozirgi kunda issiqlikka eng chidamli polimer («qora orlon») karbonlangan poliakrilonitril 1000°C da ham parchalanmaydi. Bun­day natijaga polimer tarkibidagi vodorodni «haydash» bilan erishiladi.


  1. Yüklə 5,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin