Toshkent yangiyul poligraph service


Polimerlanish smolalari va ular asosidagi plastmassalar



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə195/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Polimerlanish smolalari va ular asosidagi plastmassalar. Polimerlanish reaksiyasi asosida olingan smolalaiga (polimerlarga ): polietilen, polistirol, polipropilen, polivinilxlorid, poUtetraftoretilen, poliakrilatlar, polivinilasetat va boshqalar kiradi. Bu smola asosida olinadigan plastmassalar termoplastik tarkibida to'ldirgich miqdori kam, yaxshi dielektrik xossasiga ega, agressiv muhitga chidam-li, turli usullar bilan (presslash, quyish, ekstruziya, puflash, vakuumda shakl berish, qoliplash (shtamplash), ko‘pirtirish, payvandlash, mexanik ishlov berish) shakl berish mumkin bo‘ladi. Uning nuqsonli shaklllari (brak) va chiqindilari qayta ishlanib, yana buyumga aylantiriladi. Bu sinf plastmassalarining kamchiligi bular tashqi kuch tasirida yoyiluvchan bo‘lishi, haroratga chidamsizligi, tez eskirishi va hokazo.
Polietilen ishlab chiqarish 1942- yildan boshlandi, uni ishlab chiqarish uchun etilen xomashyo hisoblanadi. Uni polimerlash uchun o‘ta toza (99 % li) etilen ishlatiladi, aks holda (ozgina aralashmasi bo'lsa ham) reaksiya jarayonida zanjirning tez uzilib polimer molekular massasining kichik bo‘lishiga olib keladi.
Sanoatda polietilen uch xil usul bilan ishlab chiqariladi:

  1. Yuqori bosimda (135-25 MPa bosimda, 200-270°C da 0,008 % kislorod ishtirokida);

  2. 0‘rtacha bosimda (3,5-4 MPa, 130-170°C da, xrom va vanadiy oksidlari katalizator ishtirokida eritiladi);

  3. Past bosimda (0,5-0,8 MPa, 70-80°C da kompleks katalizatorlar - A1(C2H5)3 + TiCl4 ishtirokida, uglerodli muhitda).

K
>[-CH2-CH2-]n
+ 3650 kJ/kg.

eyingi ikki usulda olingan polietilen qat’iy chiziqli tuzilishga ega bo‘ladi. Molekular massasi 140 000. Yuqori bosimli usulda olingani esa tarmoqlangan tuzilishli bo‘lib, mol massasi 450 000 atrofida bo‘ladi. Yuqori bosimda polietilenning polimerlanishi radikalnging mexanizmida issiqlik ajralishi bilan boradi:

Polimerllanish tezligi, etilenning tozalagi, initsiator miqdori, harorat va bosimga bog‘liq. Bosim ortishi bilan reaksiya tezligi (123- rasm) va mahsulot unumi ortadi.
Etilenning polimerlanishi past bosimda 50 m3 hajmi li reaktorda olib boriladi. Reaktorga uzluksiz Sigler — Natta (A1(C2H5)3 + TiCl4) katalizatoming past harorati qaynovchi (75—95°C) benzindagi suspenziyasi va 94,8 % etilen tushib turadi. Hosil bo‘lgan polietilen cho‘kadi, bu erituvchilardan sepa- ratorda ajratiladi. Reaksiyaga kirish- magan etilen va erituvchi tozalanadi, reaktolrga qaytariladi. Qurilmaning mahsuldorligi 25 ming t/yil, unumi 95-98 %, 1 tonna polietilenga 4,8 kg TiCl4 va 2,4 kg A1(C2H5)3 sarflanadi. A1(C2H5)3 ni regeneratsiyalab boMmaydi. Bu usulda olingan polietilen fizik-kimyoviy xossalari bilan yuqori bosimda olinganligidan ustun turadi.
1978- yilda polietilen olishning yangi usuli ishlab chiqildi. Bu qattiq katalizator zarrachalarining qaynovchi qavatda etilenni polimer- lashning gaz fazali jarayonidir. Bunda mahsulot 0,5-1 mm li granulalar ko'rinishida va oraliq operatsiyalarsiz (yuvish, quritish, suyuq-

lantirish-xarajatlaming 30 %) olinadi. Bu usulda olingan polietilen boshqa usullami olinganiga qaraganda ikki marta mustahkamroq bo‘lib, materiallami ko‘plab iqtisod qilish imkonini beradi, u zichligi past polietilen deb ataladi.
Ultra yuqori molekulali polietilen ham olindi. Polietilendan (yuqori bosimda olinganidan) plyonkalar, shlanglar, idishlar, (o‘rta va past bosimda olinganidan) - quvurlar, apparat qismlari, suv osti kabellari va simlar elektrizolyatsiya qoplamalari, metallarni karroziyadan himoya qiluvchi, penoplastlar, xo‘jalik va uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlanadi.
Dunyoda 1987-yilda 30 mln tonnadan ko'proq polietilen ishlab chiqarildi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin