Tashqi kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirib, deformatsiyalanib, ta’sir kuchi to‘xtatilganda, yana dastlabki holatiga qaytadigan elastik yuqori molekular birikmalar kauchuk deb ataladi. U ikkiga: tabiiy va sintetik kauchuklarga bo'linadi. Uzoq yillar mobaynida faqat tabiiy kauchuk olingan. Tabiiy kauchuk geveya, gvayula, ko‘k-sag‘iz, tov-sag‘iz va boshqa kauchukli o‘simliklaming sutsimon shirasidan lateks ajratib olingan. Janubiy Amerikadagi hindular bu sutsimon shirani kao chou («kao-daraxt», «chou»- yig‘lash) , ya’ni daraxtning ko‘z yoshi deb ataganlar. Keyinchalik fransuz olimlari unga kauchuk deb nom berganlar. Kauchukli o‘simliklar, asosan, ekvator atrofidagi tropik zonalarda ya’ni, Janubiy Amerika, Afrika, Malayziya arxipedagi, Braziliya, Shrilanka, Indoneziya, Hindiston va boshqa joylarda o‘sadi. Ko‘pgina mamlakatlarda kauchuk hoziigi paytlarda ham katta miqdorda, asosan, geveya daraxtidan olinmoqda.
Sobiq ittifoq davrida tabiiy kauchuk ko‘k-sag‘iz va tov-sag‘iz o‘simliklaridan olingan. Ammo bu o‘simliklardan olinadigan kauchuk unga bo‘lgan talabni deyarli qondira olmas va tannarxi ham juda qimmatga tushar edi. Shuning uchun ms olimlari dunyoda birinchi bo‘lib, sintetik kauchuk olishning sanoat usulini topdilar va Rossiya sintetik kauchikning vatani bo‘lib qoldi. Sintetik kauchukni birinchibo‘lib 1902- yilda rus olimi I. L. Kondakov sintez qildi. 22,3-dimetil -1,3-butadiyenni (metilizopren) sintez qildi va uni polimerlab metil kauchuk oldi. 1906- yilda rus olimlari S. V. Lebedev va I. I. Ostromislenskiylar izoprendan kauchuksimon polimer oldilar. S. V. Lebedev diyen uglevodorodlaming polimerlanishini o‘rganish sohasidagi ishlarni davom ettirib 1931- yilda natriy butadiyenli kauchukni sintez qildi. 1931- yilning fevralida Sank-Peterbuigda ko'rilgan birinchi tajriba zavodida sintetik kauchukning birinchi namunasi (260 kg) ishlab chiqarildi. 1932- yilda dunyoda birinchi bo‘lib Rossiyada Lebedev usuli bilan sanoat miqyosida sintetik kauchuk ishlab chiqaruvchi Yaroslav va Voronejda ikkita zavod ishga tushirildi. Amerikada sintetik kauchuk ishlab chiqarish 10 yildan keyin 1942-yilda yo‘lgaqo‘yildi. Hozirgi kunda sanoatda ko‘p xildagi sintetik kauchuklar ishlab chiqarilmoqda. Ular uchun xomashyo: diyenli uglevodorodlar, asosan, butadiyen -1,3, izopren, xloropren va boshqalar. Kauchuklar xomashyoga qarab 2 sinfga bo‘linadi: 1. Bir monomer asosida tayyorlangan kauchuklar. 2. Ikki yoki uch monomer asosida tayyorlangan kauchuklar. Sintetik kauchuk va rezinalar qo‘llanilish sohasiga qarab shartli ravishda ikki guruhga bo'linadi: 1. Barcha sohalarda ishlatiladigan. 2. Maxsus sohalarda ishlatiladigan. Birinchi guruhga kiradiganlari asosan shinalar va boshqa ko‘pgina rezina buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi, ikkinchi guruhga kiradiganlari alohida xossalariga ega bo'lib, noqulay sharoitlarda qo‘llaniladi. Masalan, ular issiqlikka (+250°C va undan ham yuqori), sovuqlikka (-60°C va undan ham past) chidamli, kislota, asos, oksidlovchilar, organik erituvchilar, suyuq yoqilg‘ilar, moylar, gazlar va shu kabi boshqa moddalarga chidamli (11-jadvalga qarang)