Qattiq yutgichlar bilan absorbsiyalash, gazlardan zararli aralashmalarni yuqori absorbsiyalash xossasiga ega bo‘lgan qattiq adsorbent yordamida selektiv yuttirib ajratib olishga asoslangan. Bunda fizikaviy absorbsiya ham xemosorbsiya qo‘llaniladi. Bunda adsorbentlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: a) yuqori darajada yutish xossasiga ega bo‘lishi; b) tanlab yutishi kerakligi; d) termik barqaror bo'lishi; e) oson regeneratsiyalashi; f) uzoq muddat strukturasi buzilmay va yuzasining xossasi o‘zgarmay xizmat qilishi; g) mexanik mustahkam bo‘lishi kerak. Gazlami tozalash uchun adsorbent sifatida g‘ovaklik darajasi yuqori bo'lgan materiallar: aktivlangan ko‘mir, silikagel, sintetik seolitlar (alyumosilikatlar) ishlatiladi. Gazlar aralashmasini absorbsiyalash,davriy ta’sir etuvchi tokchali reaktorlarda (adsorberlarda) olib boriladi. Tozalanadigan gaz tokchalarda joylashgan adsorbentlar qavatidan ketma-ket yuqoridan pastga tomon o‘tkaziladi. Ma’lum vaqt o‘tgach adsorbent yuzaga absorbsiyalanuvchi moddalar bilan to'yinishi yoki changlar, smolasimon moddalar bilan ifloslanishi natijasida o‘z aktivligini yo‘qotadi. So'ngra adsorbent qizdirish yoki u orqali bug‘, havo inert gazlar o‘tkazish yo‘li bilan regeneratsiyalanadi yoki yangisiga almashtiriladi. Gazni adsorbsion tozalashning istiqbolli usuli bu siklik (aylanma) usul bo‘lib, unda adsorbent va regenerator orasida aylanib yuradi. Adsorbentning mexanik mustahkamligining kamligi bu usulni keng qo'llashga asosiy g‘ov boMib turibdi. Adsorbsion usulda ozgina adsorbent bilan katta hajmdagi gazni tozalash mumkin. Shuning uchun ham bu usulni konsentratsiyasi kam bo‘lgan aralashmalami tozalashda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, oltingugurt birikmalari, simob bug‘lari sianli birikmalar va boshqalami ko‘zda tutish mumkin. Aktivlangan ko'mir sanoatda organik erituvchilaming bug‘larini ushlab qolishda keng foydalaniladi. Gazni S02 dan tozalash uchun adsorbent sifatida aluminiy oksid, N02 dan tozalashda esa silikagel ishlatiladi. Adsorbsion usulning kamchiligi jarayonining davriyligi va adsorbentning regeneratsiyasi qimmatga tushishidadir.