Tabiiy suv, tarkibida erigan holda har xil tuzlar, gazlar, oiganik moddalar saqlaydi. Tarkibida 1 g/1 gacha tuz saqlasa, chuchuk (shirin) suv, 25 g/1 gacha o‘rtacha sho‘rlangan va 25 g/1 dan ko‘p tuz saqlasa, sho‘r suv deyiladi. Eng toza suv qor va yomg‘ir suvlari bo‘lib, tarkibida 10—1000 mg/1 gacha tuz saqlaydi. Okean suvlari eng sho‘r suv bo‘lib, tarkibida 35 g/1 gacha tuz saqlaydi. Tabiiy suvlarda K+, Na+, Ca2+, Mg2+, Cl', HC0 3, SO24 ionlari keng tarqalgan bo‘ladi. Boshqa ionlar juda kam miqdorda bo'ladi. Oiganik moddalaming konsentratsiyasi o'rtacha, daryolarda 20 mg/1., okeanlarda 4 mg/1 gacha bo‘ladi. Gazlardan: azot, kislorod, uglerod (IV) oksidi, ba’zi manbalarda esa vodorod sulfid erigan holda bo‘ladi. Suvning toza bo‘lmasligi avvalo kishining sog'ligiga katta ziyon yetkazadi. Suv ta’minoti sharoitini yomonlashtiradi, baliq manba- laming kamayib ketishiga olib keladi, ko‘pgina sanoat mahsu- lotlaming sifatini pasaytiradi va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarini kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Oqar suvlarni ifloslantiruvchi aralashmalar, fizik holatiga qarab eramaydigan, eruvchi va kolloidga bo‘linadi. Yana bu aralashmalar kelib chiqishi, tarkibi, fizik- kimyoviy xossalariga qarab anoiganik, oiganik, bakterial va biologik aralashmalariga bo‘linadi. Anorganik aralashmalarga qum, tuproq zarrachalari, rudalar, shlak, mineral tuzlar, kislota va ishqor eritmalari, og‘ir metallaming ionlari va boshqalar kiradi. Organik aralashmalar kelib chiqishiga qarab: o‘simlik, hayvon va sintetik aralashmalarga bo'linadi. O'simlik aralashmalariga — o‘simlik qoldiqlari, mevalar, sabzavotlar, donlar, o'simlik moylari va boshqalar kiradi. Hayvon aralashmalariga hayvon va odamlaming fiziologik chiqitlari, hayvon to'qima hamda hujayra qoldiqlari kiradi. Sintetik aralashmalar — neft va neft mahsulotlari, sirt aktiv moddalar va boshqalardir. Bakterial va biologik ifloslanish oziq-ovqat sanoatining, mo‘ynachilik va ko'nchilik sanoatlarining, biofabrikalar va mikrobiologik sanoati korxonalarining oqova suvlarida uchraydi. Atmosferaga tushib qolgan suvda eruvchi ko£pgina zararli chiqindilar ham yog‘in bilan yuvilib, suvlarga tushib, uni qisman ifloslaydi. Ammo, ularning konsentratsiyasi juda kichik bo'lganligi uchun suvning sifatiga va uni o‘z-o‘zini tozalash xossasiga katta ta’sir etmaydi. Suv havzalarining suvlarini ifloslovchi asosiy manba bu unga sanoat korxonalarining, kommunal xo'jaliklari va qishloq xo‘jaligini tozalanmagan oqova suvlarining tashlanishidir. Oqova suvlarining hajmi juda katta. Masalan, agar shahar bir sutkada 600 ming/m3 suv sarflasa, 500 ming m3 oqova suv chiqaradi. Dunyo sanoat korxonalari bir sutkada 100 million/m3 oqova suvlarini chiqarib tashlaydi. Oqova suvlarining tarkibida organik va anorganik aralashmalar miqdori taxminan teng bo‘lib, keyingi o‘n yilliklarda uning tarkibida sirt aktiv moddalar (SAM) miqdori keskin oshib ketdi. SAMlami hozirgi zamon vodoprovod suvlarini tozalash qurilmalari yordamida to‘liq tozalab bo'lmaydi. SAMlar va sintetik yuvish vositalari (SYuV) bilan suv havzalarini ifloslovchi asosiy manbalar, bular tekistil, ko'nchilik sanoati korxonalari, tog‘-kon boyitish fabrikalari, neft oluvchi korxonalari, rudalami boyitishda SAMlardan foydalanuvchi korxonalardir. Suvni ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri pestitsidlar va mineral o‘g‘itlardir. Ular yomg‘ir suvlari, qoming erigan suvlari, sug‘orish sistemalarini suvlari orqali oqib suv havzalarga tushadi. Bunday tashqari sel yomg‘irlari, ayniqsa, shahar maydonlarini yuvib ifloslangan suvlari bilan toza suvni ifloslaydi. Suv havzalarining ekologik holatiga, zavod va fabrikalarida ishlatilgan suv, elektr stansiyalarining ishlatilgan suvlari ham salbiy ta’sir etadi. Ular suv tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytiradi. Bu holat suvda ko‘k- yashil suv o‘tlarining ko'payishiga, zararli aralashmalaming ortishiga olib keladi. Natijada suvning o‘z-o‘zini tozalash xossasi yo‘qoladi. Tirik organizmldar o‘ladi. Shuning uchun ham zararli aralashmalaming me’yoriy darajasiga konsentratsiyasidan tashqari yana boshqa bir ko'rsatkich — biokimyoviy ehtiyoj ham bor. Suvdagi barcha oksidlanuvchi moddalaming parchalanishi uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdori suvning kislorodga bo'lgan biokimyoviy ehtiyoji (BKE) deb ataladi. Oksidlanish uchun kislorod iste’mol qiladigan moddalar jumlasiga turli kasalliklar tarqatuvchi bakteriya hamda viruslar, organik moddalar, hayvonot va o'simlik qoldiqlari, o‘simliklar iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan ozuqa moddalar (nitritlar, fosfidlar, o‘g‘it sanoatining chiqindilari, detergentlar) yuvish vositalari, insektisidlar, gerbisidlar kiradi. BKE — bu oqova suvlari tarkibida uchraydigan beqaror organik moddalaming ma’lum vaqt oralig‘ida suvdagi kislorodni yutgan mg/1 miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum miqdordagi suvda bo‘lgan kislorod miqdorini 20°C da dastlab va unga qo‘shimcha modda solingan paytdan bir sutka o‘tgandan keyin (BKE
1), 5 sutka o‘tgandan keyin (BKE — 5), va 20 sutka o‘tgandan keyin (BKE — 20) aniqlash orqali BKE- topiladi.
Ko‘pincha BKE — 5 dan foydalaniladi. Bunda 5 sutkada qancha kislorodning iste’mol qilinganligi aniqlanadi. Agar BKE — 5,2 mg/1 gacha kamaysa, organik moddalaming parchalanishi to‘liq tugagan deb hisoblanadi. Masalan, toza ichimlik suvining BKE dastlabki kislorod miqdorining 1,5/106 qismiga teng. Kanalizatsiya suvining BKE dastlabki kislorod miqdorining 400/106 qismiga yaqin bo‘ladi. Agar suvda tashlandiq moddalar ko'payib ketsa, tabiiy suvda boiadigan oksidlanish mahsulotlari (C02, H2S04, H3P04, HN03) o‘mida qaytarilish mahsulotlari (CH4, PH3, H2S, NH3) bo‘ladi. Chunki kislorod yetishmasligidan oksidlanish reaksiyalari sodir bo‘lmay qoladi. Shu sababli kemalar to‘xtaydigan portlaming suvidan noxush hidlar kelib turadi. Iflos suvlarga xlor yuborilganda kislorodga bo'lgan ehtiyoj kamayadi. Chunki xlor suv bilan reaksiyaga kirishib gipoxlorid (HC10) kislota hosil qiladi. Bu modda nihoyatda kuchli oksidlovchi modda bo‘lganligi uchun tashlandiq moddalaming parchalanishini tezlashtiradi. Suvdagi organik moddalar aralashmalaming va ba’zi anorganik aralashmalaming umumiy miqdorini xarakterlash uchun kislorodning kimyoviy iste’moli (KK1) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Oqova suvlari uchun ham MDK va BKElar, balki vaqt bir- ligidagi oqovaning miqdori, birligi ham sanitariya normasi sifatida qabul qilingan. Shirin (chuchuk) suvning katta hajmda, ko‘p sohalarda ishlatilishi, ifloslanish darajasining ortib borayotganligini hamda ko‘pgina tumanlarda uning tanqisligi keskin sezilmoqda.
Chuchuk suvlar tanqisligi (ulami kamayib ketishi)ning oldini olish va ulami ifloslanishidan himoya qilishning yagona to‘g‘ri yo‘li, bu awalo sanoatda suv sarfini keskin kamaytirish bo‘lib, bunga yopiq aylanma (sikli) sistemani qo‘llash orqali erishish mumkin (Korxonada ishlatilgan suv korxonadan chiqarib yuborilmaydi, balki yana qayta ishlatiladi. Bu jarayon uzoq muddat va ko‘p martalab takrorlanadi). Bundan tashqari, yana oqova suvlarini tozalash orqali uni qayta ishlatish va toza suv sarfiyotini kamaytirish mumkin. Oqova suvlarini suv havzalariga (toza oqar suvga) tashlashdan awal suvga ishlov berib tozalanadi. Oqova suvlar aralashmalari turli xil bo'lib, disperslik darajasi xossalari, miqdori bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ham kompleks tozalash usullarini qo‘llash zarur bo'ladi. Oqova suvlarni tozalashning quyidagi: mexanik, fizik- kimyoviy, elektrokimyoviy, biokimyoviy va termik usullari mavjud.