Toshkent yangiyul poligraph service


Kimyoviy tozalash usullari



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə35/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Kimyoviy tozalash usullari oqova suvlaming tarkibidagi toksik (zaharli) moddalarni neytrallash, oksidlash, qaytarish, kondensatsiyalash, suvda erimaydigan holatga o‘tkazib cho‘ktirish orqali zahari kam moddalaiga aylantirishga asoslangan.
Fosfatlarni yo'qotish uchun ishlov berishdan foydalaniladi: masalan, aluminiy sulfat bilan:
A12(S04)3+6H20 -> 2A1(0H)3+3H2S04
Al(0H)3+H3P04+4Na0H NaA102+Na3P04+5H20
Kalsiy xlorid qo‘shilganda:
2Na3P04+3CaCl2H> Ca3(P04)2 I + 6NaCl
Cho‘kmaga tushgan kalsiy fosfatni filtrlash usuli bilan eritmadan yo'qotib turiladi. Azot birikmalari fosfatlar singari suvdagi qo‘shimchalami ko‘paytirishga yordam beradi. Suvni niratlardan tozalab turish uchun temir birikmalaridan oxirgi filtrat qoldig'i koagulyatsiyaga uchratiladi yoki ionitlar yordamida adsorblanib tozalanadi.
Oqova suvlami elektrokimyoviy usulda tozalash uchun ulami dengiz suvlari bilan 3:1 nisbatda aralashtiriladi va parallel joylashgan anodli va cho'yan panjarali katod bilan jihozlangan yacheykalarga yuboriladi. Anod qismidan tok o‘tganda xlor, katodda esa natriy gidroksid va vodorod hosil bo‘ladi. Ajralib chiqqan aktiv xlor bakteriyalami o‘ldiradi. Sarflangan elektr energiya miqdori unchalik ko‘p emas, ular oqova suvning 0,4 — kVt, s/m3 ni tashkil etadi. Oqova suvlami uchlamli qayta ishlash, sterillash - bakteriyalami xlorlash (xlor va gipoxloridlar), ozonlash, ultrabinafsha nur ta’sir ettirib yoki elektroliz (bunda kumushning bakteriyalami o‘ldirish xossasidan foydalaniladi) hisoblanadi.
Bu usul oqova suvlarni tozalash muammosini hal qilolmaydi, chunki bunda ko‘plab kimyoviy reagentlami sarflashga to‘g‘ri keladi hamda zaharsiz bo‘lsa-da, yangi moddalaming hosil bo‘lishi tufayli suv havzalarini ifloslaydi. Bu usulda, u ayniqsa, oqova suvlami xlorlash va uni kislorodli birikmalari bilan ishlov berish, ozonlash kabilar keng qo‘llaniladi. Bunda suv dezodoratsiyalanadi, kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlar yo‘qoladi, sianli birikmalar zaharsizlanadi va boshqa organik moddalar yo‘qoladi. Kimyoviy tozalash usuli filtrlash bilan birgalikda suv tarkibidagi erigan moddalami 25 % gacha, suvda erimaydigan birikmalami esa 95 % gacha kamaytirish, tozalash imkonini beradi. Bu usulni biokimyoviy tozalash usulidan oldin qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin