KIMYOVIY TEXNOLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI I BOB. KIMYOVIY TEXNOLOGIYANING ASOSIY QONUNIYATLARI Kimyo sanoatining o‘sib, rivojlanib borishi bilan asosiy ishlab chiqarish jarayonlarining qonuniyatlarini umumlashtiruvchi va apparatlaming texnologik hisoblash usullarini ishlab chiquvchi, injenerlik faniga ehtiyoj tug'ildi. Jarayonlar va apparatlar haqidagi fan paydo bo‘ldi va rivojlanib bordi. Bu fanning kimyoviy ishlab chiqarishning yangi-yangi apparatlarini, texnologiyasini ilmiy asoslab chiqishda roli juda katta. Kimyoviy ishlab chiqarishda turli tuman jarayonlar amalga oshiriladi. Olingan xomashyoning turli kimyoviy ta’sirotlar natijasida agregat holati, ichki tuzilishi va tarkibining o'zgarishlari bilan boruvchi, yangi moddalarga aylanishi sodir bo'ladi. Bu o‘zgarish kimyoviy texnologik jarayonlaming asosi hisoblanmish, kimyoviy reaksiyalar bilan bir qatorda, ko'pgina fizik (shu jumladan, mexanik), fizik-kimyoviyjarayonlami ham o‘z ichiga oladi. Shunday jarayonlarga: suyuqlik va qattiq materiallaming aralashuvi bir-birining ichiga tarqalishi, maydalash va uni sinflarga bo'linishi, gazlami bir joydan boshqa joyga o'tkazilishi va siqish, moddalami isitish va sovitish, ularni aralashtirish bir jinsli bo'lmagan gaz va suyuqliklar aralashmalarini ajratish, eritmalarni bug'lantirish, materiallami quritishva boshqalar kiradi. Ko‘rsatilganjarayonlami bajarish usullari ko‘pincha ulami amalga oshirish mumkinligini, samaradorligini va ishlab chiqarish jarayonining rentabeligini aniqlab beradi. Shunday qilib, turli kimyoviy mahsulot va materiallaming ishlab chiqarish texnologiyasi (masalan, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar, bo'yoqlar polimer va sintetik materiallar, plastmassalar va hokazolar), umumiy qonuniyatlar bilan xarakterlanuvchi bir tipdagi fizikaviy — fizik — kimyoviy jarayonlami o‘z ichiga oladi. Kimyoviy texnologiyaning nazariyasiga asos solgan amerikalik olimlardan V. Bedjer, V. Mak-Keba, rus olimlaridan I. A. Tishenko va A. K. Krupskiy, D. P. Konavalov, L. F. Fokin, K. F. Pavlov va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.