Tuproq (yer) tabiatning muhim boyliklaridan biri bo‘lib, (Yer shari yuzasining 1/3 qismini, ya’ni 15 mlrd gamaydonni, quriqlik tashkil etadi) quriqlikning faqat 10 % ekiladigan (haydaladigan) yer, 17 % yaylov va o'tloqlar, 28 % o‘rmonlar va 45 % ekishga yaroqsiz maydonlar (cho‘l va sahrolar, yarim sahrolar, muzliklar, shaharlar, korxonalar, turli qurilishlar bilan band bo‘Igan maydonlar va boshqalar) dan iboratdir. Insoniyat oziqa resurslarning 80 % ni ishlov beriladigan yerlar beradi (u taxminan 1450 mln ga teng). Shuning uchun yer fondiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish insoniyatning hayotiy zaruriyatidir. Kishilaming xo‘jalik faoliyati tufayli yer fondi qisqarib bormoqda. Yerfondinisaqlashdan yemi rekultivatsiya qilish muhim rol o‘ynaydi (rekultivatsiya — foydali qazilmalarni qazib olishda yerning yuza unumdor qismi olib saqlab qo‘yiladi, qazilma olib bo‘lingach, u tuproq o‘z o‘miga qaytariladi va u yerda yana turli xo‘jalik ishlarini olib borish mumkin bo‘ladi). Ayniqsa, yerlami kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi katta zarar keltirmoqda. Tuproqni ifloslovchi asosiy manbalar bular: sanoat korxonalaming atmosferaga chiqarib tashlagan chiqindilari, oqova suvlar, tog‘, kon va uni qayta ishlash korxonalaming chiqindilari, maishiy chiqindilar, qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish natijasida chiqadigan turli zaharli birikmalar, pestitsidlar va boshqalardir. Tup-roqqa tushgan moddalar bilan aloqada bo‘ladigan turli muhitlar yoki vositalar (suv, havo, o‘simlik va boshqalar) biologik zanjir, tuproq-o‘simlik-odam orqali odam organizmiga tushadi, uni zaharlaydi. Sayyoramizning ekiladgan maydonlariga har yili 4 mln tonna pestitsidlar, 400 mln tonna mineral o‘g‘itlar solinmoqda. Xalq xo‘jaligini kimyolashtirish boshlanmasidan ilgarigi davrdagi tuproqqa qaraganda hozirgi paytda tuproqda kadmiy miqdori 70 marta, qo‘rg‘oshin 17, simob 19, tellur 40 marta ko‘paygan. Oziq-ovqatlar tarkibida kadmiyning ko‘payishi yurak kasalliklami kelib chiqishini asosiy sababchisidir. Qo‘rg‘oshinning ko‘pligi ateroskleroz va buyrak kasalligini, simob esa asab va nasliy kasalliklarini keltirib chiqaradi. Masalan, Yaponiyada aluminiy ishlab chiqarish korxonalaming chiqindi suvida sug‘orilgan gurch orqali kadmiy bilan ko‘plab kishilaming zaharlanganligi ma’lum. Tuproqni ifloslanishidan himoya qilishning asosiy chora tadbirlariga quyidagilar kiradi: awalo atmosferaga va oqova suvlarga chiqarib tashlanadigan zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish, sanoat va maishiy tashlandiqlami xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lmagan yerlarga (karerlar, jarlik va chuqurliklar) chiqarib tashlash zaharli moddalami yerning maxsus chuqur qatlamlariga ko'mish, yerlarga o‘g‘itlar, pestisitlar va turli zaharli kimyoviy birikmalarni solishda ilmiy asoslangan usullarga qattiy rioya qilish. Atmosfera suv va tuproqni ifloslanishidan himoya qilish masalalari bilan qisqacha tanishib chiqish shuni ko‘rsatdiki, tabiatni qo'riqlashda yutuqlarga erishmoqning asosiy yo‘li sanoat korxona- larini, birinchi navbatda kimyo sanoati tarmoqlarini yopiq siklik sxema bo'yicha olingan barcha xomashyoni kompleks asosida chiqindisiz ishlab chiqarishga o'tkazishdir. Bunda iqtisodiy samaradorlikning yuqori bo‘lishi, korxonalarni kombinatsiyalash hududiy-sanoat komplekslarini tashkil etishni taqozo etadi.