Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə57/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Geterogen jarayonlar. Geterogen kimyoviy-texnologik jarayonlar har xil fazalarda bo'lgan reaktorlar orasida boradigan reaksiyalarga asoslangan. Shuning uchun ham ular (reaksiyalar) fazalar chegarasidan moddani sirti orqali bo‘lib o'tishi tufayli boradi. Bunda fazalararo massa ko‘chib o‘tishi, mustaqil jarayon bo‘lishi yoki o‘zaro ta’sirlashayotgan komponentlarning o‘zgarish (ya’ni boshqa moddalarga aylanishi) bilan bo‘lishi mumkin.
Birinchi holatda absorbsiya, absorbsiya, desorbsiya, kristal- lizatsiya, bug‘lanishi, suyuqlanish va boshqa shu kabi sof fizik yoki fizik-kimyoviy o'zgarishlar boradi. Ikkinchi holatda esa massa almashuv bo‘lganligi sababli murakkablashgan kimyoviy reaksiya kechadi. Kimyoviy jarayonlar o‘z-o‘zidan gomogen muhitda borishi, ya’ni fazalardan birining ichida yoki fazalarni bir-biridan ajratib tuigan chegarada borishi mumkin. Fazalarni bir-biridan ajratib turgan chegarada komponentlardan birisi qattiq, boshqasi esa gaz, suyuq yoki alohida qattiq fazada bo‘lgan moddalar orasida reaksiya boradi.
Kimyoviy texnologik jarayonlar reaksiya zonasiga reagentlami kiritish va mahsulotni chiqarishning diffuzion aktlari hamda reaksion (kinetik) aktlardan tarkib topadi. Massa ko‘chishining umumiy tezligi ko‘pchilik hollarda diffuziya tezligi bilan aniqlanadi. Diffuziya ikki xil, erkin (molekular) diffuziya va girdobli diffuziyaga bo'linadi.
Molekular yoki erkin diffuziya deb, molekulalarning o'zaro to‘qnashuvi oqibatida hosil bo‘ladigan ichki ishqalanish kuchi ta’sirida saqlanib turuvchi modda molekulalarining tinch holatda bo‘lganda ko'chishiga aytiladi. Girdobli diffuziya deganda aralashtirilganda yoki qizdirish natijasida konveksiya tufayli (muhit oqimi tufayli issiqlikning ko'chishi) molekulalarning harakati tushuniladi.
Molekulalar diffuziya jarayoni yuqori konsentratsiyadan past konsentratsiya tomonga yo‘nalgan holda boradi. Harakatlantiruvchi
dc
kuch konsentratsiyaning (C), Z yo‘nalishdagi — ga teng gradiyenti
dz
(biror kattalikning, misolimizda konsentratsiyaning masofa birligiga siljish mobaynida o'zgarishlari birligi) hisoblanadi. Diffuziya tezligi quyidagi tenglamalar bilan aniqlanadi:
dG n it dC
=^=DeFi; c-40'
Bunda: G — ma’lum x vaqt ichida diffuziyalangan modda miqdori; De — diffuziyaning samarali koeffitsienti (molekular D va girdobli Dz diffuziya koeffitsientining yakuniy kattaligi, D ni maxsus qo‘llanma va ma’lumotnomalardagi formuladan foydalanib, D2 esa tajriba yo‘li bilan aniqlanadi); F — yuza (sirt), qaysiki, u orqali konsentratsiya gradiyenti dc/dz ta’sirida diffuziya o‘tadi.
Ko'pincha geterogen jarayonlar diffuzion sohada boradi. Ulaming tezligi (1.40) tenglama bo‘yicha hisoblanadi. Agar jarayon kinetik sohada borsa, u paytda uni tezligi (1.22), (1.23) tenglamalar asosida hisoblab chiqiladi. Masalan:
u=KFAC
tenglamaga asosan hisoblanishi mumkin. Bunda, К — kimyoviy reaksiya tezligining umumiy konstantasi; AC — jarayonning gidrodinamikasiga (aralashtirish darajasiga) bog'liq bo'ladi.
Ba’zi hollarda jarayonlar o‘tuvchi sohada boradi. Bunda (1.23) tenglamadagi jarayonning tezlik konstantasi to‘g‘ri va teskari reaksiya- larning konstantalari hamda dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlarining diffuziyalanishi koeffitsientiga bog'liq bo'ladi. Uni modelli labaratoriyalarda yoki zavod sharoitida aniqlaydilar. Ko‘pchilik sanoat kimyoviy-texnologik jarayonlari geterogen jarayonlaiga kiradi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin