(BF3OH)H+ (CH3)2 C=CH2 Zanjirning o‘sishi: ( 372 CH ) C+-CH +(CH ) C=CH9-*(CH ) CCH9C+(CH )
Zanjirning uzilishi protonning uzilib chiqishi yoki anionning birikishi hisobiga sodir bo‘ladi: -H+ (CH3)3C[CH2C(CH3)2] CH2C(CH3)2 ^(CH3)3C[CH2C(CH3)2JnCH2C(CH3)=CH2 Anionli mexanizmda polimerlanish suyuq ammiak muhitida ishqoriy metallarning amidlari ishtirokida va metalloorganik birikmalardan iborat kompleks katalizatorlar ta’sirida (masalan, valentligi o‘zgaruvchan metallarning xloridlari (Sigler — Natta katalizatori Al(C2H5)3,TiCl4,TiCl3 ta’sirida boradi. Reaksiya mexanizmi kation polimerlanish kabi faqat bunda tezlatuvchi zarracha vazifasini anionlar bajaradi. Bu usul bilan qat’iy chiziqli tuzilishli otereoregulyar hamda fazoviy aniq yo‘nalishli polimerlar olinadi. Stereoregular polimerlar yuqori mustahkamlikka va zichlikka, issiqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Bosqichli polimerlanish mexanizmida monomer molekulalari bilan ketma-ket birikib dimer, trimer va shu kabilarni hosil qiladi, so‘ngra ular o‘zaro birikadi. Bunda vodorod atomi yoki qandaydir boshqa atomlar guruhi bir molekuladan boshqa molekulaga o‘tishi mumkin. Shu usulda poliformaldegid smolasi, poliuretanlar, epoksidli smolalar va boshqalar olinadi. Misol tariqasida geksa- metilendiizosianat va 1,4 butandioldan poliuretan olish reaksiyasini ko‘ramiz: I 4/ \J7 I H0(CH2)40H+C=N(CH2)6N=C+H0(CH2)40H-^ II II
О о -> H0(CH2)40C0NH(CH2)6NHC00(CH2)40H-^ ^[-C0NH(CH2)6NHC00(CH2)40-]n Polimerlanish reaksiyasi qizdirish bilan olib boriladi. Sopolimerlanish, kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiluvchi, ikki yoki bir necha monomerlarni birgalikda polimerlanishi jarayonidir. Sopolimerlanish shunday xossali polimerlar olishga imkon beradiki, bunda ushbu monomerlar alohida polimerlaganda bunday xossali polimer olib bo‘lmaydi. Masalan, butadiyenli kauchuk va uning asosida olingan rezina yuqori darajada elastiklikka ega, ammo yedirilishga chidamsiz, polistirol qattiq va mo‘rt butadiyen va stirolni birgalikda polimerlash (sopolimerlash) elastikligi kamaygan, ammo edirilishga juda chidamli sintetik kauchuk olish imkonini beradi. Sanoatda polimerlanish jarayoni to‘rt usul bilan amalga oshiriladi: 1) blok usuli; 2) eritmada polimerlash; 3) emulsiyada polimerlash; 4) suspenziyada polimerlash. Blok polimerlash usulida ikki yoki undan ortiq monomerlarni bosqichli polimerlanish usuli bilan yoki chiziqsimon zanjirli polimerning boshqa monomer (gomopolimer) bilan sopoli- merlanishi natijasida olish mumkin. Har ikkala usulda ham polimerlanishning dastlabki bosqichida uchida V monomerni biriktira oladigan aktiv markaz tutgan A monomer zvenolaridan iborat molekular zanjir hosil bo'lishi bilan boshlanadi. Polimer bloklar ko‘rinishida olinadi, so'ngra maydalanadi. Ba’zan tayyor buyum (masalan, organik shisha) olish ham mumkin. Bu usulda polistirol, polietilen, poliakrilatlar va shu kabilar olinadi. Blok polimerlari polidispers bo‘ladi va molekular massasi emulsiya va suspenziya usulida olingan polimerlarga nisbatan kichik bo'ladi. Eritmada polimerlash usuli erituvchida monomer yoki polimer yoki har ikkalasi eriganda qo‘llaniladi. Birinchi holatda polimer cho‘kadi, uni suyuq fazadan ajratib olinadi va quritiladi. Ikkinchi holatda lak olinadi. Bunday usulda polivinilasetat, polivinilxlorid, polivinilasetilen va shu kabilar olinadi. Bu usulda monodispers polimer olinadi, ammo undan erituvchini to‘liq ajratib olib bo'lmaydi. Emulsiyada polimerlash monomerni, suvda eruvchi initsiator (tezlatuvchi) emulgatorlar va boshqa qo'shiladigan narsalar bilan taxminiy, so‘ngra barqaror emulsiya hosil bo'lguncha qattiq aralashtiriladi. Keyin emulsiya, monomerning polimerlanishni ta’minlash darajasigacha qizdiriladi. Hosil bo‘lgan polimemi kuchli elektrolitlar (kislota va tuzlar) qo'shish yo‘li bilan ajratib olinadi. Jarayonning kinetikasiga, harorat, vaqt, inisiator miqdori, amulgator tabiati, aralashtirish tezligi ta’sir etadi. Suspenziyada polimerlash usulida suvda erimaydigan, ammo monomerlar eruvchi inisiatordan foydalaniladi. Bu usulda sharsimon granulalar shaklida nisbatan molekular massasi katta bo‘lgan polimer olinadi. Polikondensatlanish molekulasi tarkibida bir necha funksional atomlar guruhi tutgan moddalaming o‘zaro bir-biri bilan bosqichma-bosqich birikishidan polimer hosil bo‘lish jarayonidir. Bunda su^spirt, uglerod oksidi, ammiak kabi kichik molekular massali qo‘shimcha mahsulotlar ajralib chiqadi. Olingan polimerning elementar tarkibi dastlabki monomerlar tarkibidan bir muncha farq qiladi. Bu usulda fenolformaldegidli, monevinaformalgedli, poliefirli smolalar olinadi. Ular anid, lavsan, enant kabi sintetik tolalarni olish uchun xomashyo hisoblanadi. Masalan, aminoenant kislotasini polikondensatlash orqali enant tolasi ishlab chiqarishda foydalaniladigan smola olinadi.