Pardozlash bosqichida tolaga turli xossalar beriladi. Agar tolaga
shakl berish uchun turli reagentlar va eritmalar qo‘llanilgan bo‘lsa, yaxshilab yuviladi, zarur holda oqartiriladi va bo‘yaladi. To‘qimachilik korxonalarda tolani qayta ishlash oson bo‘lsin uchun sovun yoki moyli eritmalar bilan moylanadi, so‘ngra quritilib yigiriladi va kalavalanadi. Kimyoviy tolalar uzun uzluksiz (monotola) ko‘rinishida yoki shtapel tolasi (30—150 mm uzunlikda kesilgan holda) shaklida olinadi. Shtapel tolalar kiplaiga presslanadi. Ulardan toza holda yoki boshqa tolalar bilan qo‘shib yigirilgan iplar (pryajalar) tayyorlanadi. Viskoza tolasi ishlab chiqarish. Viskoza tolasini olishni 1842 yilda Ch.Kras, K.Bidllar kashf etdilar. Viskoza tolasi boshqa kimyoviy tolalar orasida eng ko‘p ishlab chiqariladi (umumiy ishlab chiqariladigan tolalaming 60 % ni tashkil etadi). Yigiruv eritmasini tayyorlash uchun sulfitli sellyuloza olinib, unga 18-20 % li NaOH eritmasi bilan ishlov beriladi. Bunda sellyuloza tarkibidan qolgan gelisellyulozaning ko‘p qismi yuvilib chiqadi, molekulalararo bog‘ ham qisman uziladi va ishqoriy sellyuloza hosil bo‘ladi. Bu jarayon merserizatsiya deyiladi: [C6H702 (OH)3]n+ nNa0H->[C6H702(0H)20H NaOH]n Merserizatsiya 10-60 daqiqa davomida 20-50°C da olib boriladi. Ishqoriy sellyulozadan NaOH ning ortiqchasi siqib chiqariladi va maydalanadi, so'ngra 20°C da 30—50°C da qoldiriladi (taxminiy etilish jarayoni). Bu vaqt oralig‘ida havo kislorodi ta’sirida sellyulozaning polimerlanish darajasi bir muncha kamayadi. Shundan keyin ishqoriy sellyuloza 2—3°C mobaynida uglerod sulfid (u sellyuloza massasining 33—38 % ni tashkil etishi kerak) bilan ishlov beriladi (sellyulozani ksantogenlash). Natijada to‘q sariq rangli sellyulozaning ksantogenati hosil bo‘ladi. U NaOH ning 4—7 % li eritmasida yaxshi eriydi. [C6H702(0H)20H • NaOH]n+ CS2-> -> [C6H9040C - SNa]n + nH20 S Ksantogenat viskoza apparatida aralashtirgich yordamida (1 daqi- qada 900—1000 marta aylanadi) eritiladi. Natijada 6—9 % sellyuloza va 7 % NaOH eritmasidan iborat suvli eritma hosil qilinadi. Olinadigan viskozaning sifati yetilish jarayonining davomiyligiga hamda haroratga bog'liq bo‘ladi (116- rasm). Sellyuloza 14—17°C da 2-3 kun davomida yetiladi. Tayyor bo'lgan eritma filtrlanadi, vakuumda havo pufakchalari chiqarib yuboriladi va ho‘l yigirish usulida tolaga shakl berishga yuboriladi (117- rasm). Yiguruv nasosi (2) viskozani siqib filtrdan (3), so‘ngra shisha nay (4) orqali fileradan (6) o‘tkazadi va cho‘ktirish vannasiga tushadi. Undagi eritma tarkibi 80—150 g/1 H2S04, 160—320 g/1 Na2S04 va 10—100 g/1 Zn S04 dan iborat. Cho'ktirish vannasida (5) quyidagi jarayonlar boradi: elektrolit tasirida viskozaning kaogullanishi, kislota tasirida sellyuloza santogenatining parchalanishi, turli oltingugurtli birikmalaming H2S va CS2 hosil qilib yemirilishi va boshqalar [C6H9040CS-SNa] +nH2S04-* II
S -»[C6H10O5]n+nCS2+nNaHSO4 Eritma to'xtovsiz regeneratsiyaga yuborib turiladi, regeneratsiyalangach, yana vannaga qaytariladi. Regene- ratsiyalangan sellyuloza tolasi yig‘ilib, bir tutam qilib babinaga (ip zugotaga o'raladi) yoki sentrifugaga (sentrifu- ganing ichki devori bo‘ylab, ip dumaloq shaklida yig'iladi) o‘raladi,!cho‘zi!adi va taxlab qo'yiladi. Yigirish tezligi 75—100 m/daq.