Suvning qattiqligi juda muhim ko‘rsatkich bo‘lib, suv qizdiril- ganda kalsiy va magniy kaibonatlari cho‘kib, idish devorlarida cho'kin- di (qasmoq) hosil qiladi. Kalsiy
va magniy sulfatlari esa, suv qaynatilganda cho‘kmaga tushmaydi, ammo suvda eruvchanligi kam bo‘lgan- ligidan, suv bug'langanda o‘ta to‘yingan
eritmaga aylanib, idish devorlariga qattiq qatlam hosil qilib cho‘kadi. U cho
£kma issiqlikni yomon o‘tkazganligidan (masalan, bug‘ qozonlarida 1 mm qalinlikdagi qasmoq cho‘kindi yoqilg'i sarfini 5 % gacha oshiradi) bug
4 qozonlarida va issiq almashtirgichlarda unumdorlikni keskin kamaytirib yuboradi.
Undan tashqari bug
1 qozonlarining
devori qattiq qizib ketadi, natijada po‘lat oksidlanib o‘z mustahkamligini yo‘qotadi, kuyib teshiladi, hatto portlab ketadi. Qattiq suv ko‘pgina texnologik jara- yonlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Masalan, eritmalami elektroliz qilishda sodani ammiakli (solve)
usulida olishda, to‘qimachilik, oziq- ovqat sanoatlari va boshqalarda.
Tabiiy suvdan tozalamay foydalanib bo‘lmaydi. Suv manbalaridan keladigan suvni sifatini yaxshilash,
suvni tayyorlash deyiladi. Suvni tayyorlash bu suvning tarkibidagi begona aralashmalardan tozalash uchun kompleks operatsiyalami qo‘llashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: