suv havzadan yoki tindirgichdan birinchi ko‘targich nasos (4) yordamida aralashtirgichga koagulyatsiya ko'tarib beradi. Koagulyatorga elektrolitlar — A1
2(S0
4)
3, FeS0
4 yoki boshqa birikmalarning erit- malari (koagulyantlar) ham quyiladi. Aralashtirgichda (koagulya- tor) koagulyatsiya jarayoni boradi.
Koagulyatsiya bu — geterogen sistemalarni ajratishning eng samarali usulidir. Bujarayonning fizik-kimyoviy mohiyatini soddaroq qilib quyidagicha bayon etishi mumkin. Elektrolit juda suyultirilgan eritmalardan musbat zaryadlangan zarrachalar hosil qilib gidrolizlanadi. Qaysiki, bu zarrachalar manfiy zaryadli kalloid zarrachalarnnig yuzasiga adsorblanib uni neytrallaydi. Natijada zaryadsizlangan kalloid zarrachalar
bir-biriga yopishib, yiriklashadi va cho'kadi. Koagulyant ioni zaryadi (Al
3+.Fe
3+) qanchalik katta bo‘lsa, koagulyatsiyalash uchun shunchalik kam elektrolit sarflanadi. Bir vaqtning o‘zida Al
2 (S0
4)
3 muvaqqat qattiqligini ham ancha kamaytiradi.
Aralashtirgichda quyidagi reaksiyalar boradi.
Al
2 (S0
4)
3+6H
20=2A1(0H)
3+3H
2S0
4 Al
2(S0
4)
3+3Ca(HC0
3)
2=2Al(0H)
3+3CaS0
4+6C0
2
Koagulyatsiya jarayonida hosil bo‘lgan keng yuzali iviqsimon cho‘kma sekinlik bilan cho'ka boshlaydi va yengil muallaq zarrachalami o‘ziga yopishtirib oladi hamda organik bo‘yoq moddalarini ham absorbsiyalab cho‘kadi, natijada suv tiniq bo‘lib qoladi.
Koagulyant sarfi suvning ifloslanganlik darajasi bilan belgilanadi: bahor paytlarida Al
2 (S0
4)
3dan 120 g/m
3, yoz davrida 70 g/m
3 qishda esa 20 g/m
3 sarflanadi. Koagulyatsiya jarayonini tezlashtirish uchun ko'pincha iviqsimon cho‘kmalarning hosil bo‘lishi va uni cho‘kishini tezlatuvchi qo‘shimcha reagentlar flokulyantlar ishlatiladi. Flokulyant sifatida: aktivlangan silikat kislotasi, karboksimotil- sellyuloza, olein
kislotasining natriyli tuzi, sintetik polimer material- lar poliakrilamid, polietilenimin vaboshqalardan foydalaniladi. Ayniq- sa, loyqa suvlarda flokulyantni qo‘llash katta samara beradi. Agar suvdagi loyqa miqdoriga nisbatan 1 % poliakrilamid qo‘shilganda koagulyant qo‘shish miqdori 2—3 marta kamayadi, iviqsimon cho‘kmaning cho‘kish tezligi 10—20 martagacha tezlashadi.
Suv aralashtirgichdan tindirgichga o‘tadi, u yerda koagulyatsiya (flokulyatsiya) tugaydi va suvdagi aralashgan zarrachalar cho‘kadi. Tindirgichlar katta sig'imli betondan qilingan hovuz bo‘lib, suvni tindirgichda uzoqroq muddat boMishini ta’minlash uchun unda to‘siqlar o‘matilgan. Ammo, suvning to‘liq tiniqlashuviga ochiq tipdagi qum filtr orqali filtrlangach erishiladi. Suv (qalinligi 2 m gacha bo‘ladi) bosim 0,1 m/s tezlikda ffltrlanadi. Filtrlovchi material sifatida bir qavat graviy va uning ustida bir qavat zarrachalarining kattaligi 0,5—1 mm bo‘lgan 1 m qalinlikdagi qum (kvars qumi)dan foydalaniladi. Suvning loyqalari qum yuzasida o‘tirib qolib filtrlovchi yupqa parda hosil qiladi. Vaqt o‘tishi
bilan bu parda qalinlashadi, natijada suvning tozalanish darajasi ortadi, ammo filtrlanish tezligi kamayadi. So'ngra u filtr tozalash uchun to‘xtatiladi va filtrlash boshqasida davom ettiriladi. Odatda, filtrlardan bir nechta bo‘ladi.
Koagulyatsiya, cho‘ktirish, filtrlash nafaqat suvni begona aralash- malardan tozalaydi, tiniq qiladi, balki 70—80 % gacha mikroblardan ham tozalaydi. Ko‘pchilik hollarda tozalangan suvda mikroblar miqdori me’yordan ko‘p bo‘ladi, shuning uchun filtrdan chiqqan suv zararsizlantirish uchun 8- apparatga yuboriladi. Zararsizlantirish — suvdagi bo‘lgan mikroorganizmlar va bakteriyalarni:
xlorlash, ozonlash, qaynatish va boshqa yo'llar bilan yo'qotishdir. Suv xlorlash uchun toza xlor yoki kalsiy gipoxloritdan foydalaniladi. Suvni kalsiy gipoxlorit bilan ishlov berilganda atomar kislorod (kuchli oksidlovchi) hosil bo‘lib, u mikroorganizmlami o‘ldiradi va organik qoldiqlami oksidlaydi.
Ca(C10)
2+C0
2+H
20=CaC0
3+2HC10
HC10=HCl+0
Suv xlorlanganda ortiqcha xlor, suvga ammiak yoki natriy sul’fit qo‘shish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Suvdagi qolgan xlorning miqdori
2 — 0,4 mg/1, dan oshmasligi kerak. Keyingi yillarda suvni ozon bilan zararsizlantirilmoqda. Bunda ozon parchalanib atomar holdagi
kislorod hosil qiladi. Bunday suv xlorlangan suvdan farq qilib, xlor hidiga ega emas. Zararsizlantirish so‘nggi yillarda suvni ftorlash (1 mg/1, gacha ftor, Na
2SiF
6 birikmasi shaklida suvga solinadi, bu bir vaqtning o‘zida kishilaming tishini yemirilishdan
ham himoya qiladi, ultrabinafsha nuri bilan nurlantirish, ultratovush to‘lqinlari bilan ishlov berish kumush ionlari bilan ishlov berish orqali ham amalga oshirilmoqda.
Suv zararsizlantirilgach, ichishga yaroqli bo‘lib, ikkinchi ko‘tarib berish nasosi yordamida bosim hosil qilish minorasiga ko‘tarib beriladi. Bu minora vodoprovodlarda suvning doimiy bosimini ta’minlab turadi.
Dostları ilə paylaş: