Gazlarni katalitik tozalash usuli, gazlaming zararli aralashmalarini kattalik reaksiyalar yordamida boshqa birikmalarga aylantirishga asoslangandir. Katalitik usulda zaharli gazlar ajratib olinmaydi. Balki bir muncha zaharsizroq birikmaga yoki aralashmadan oson ajralib chiquvchi moddaga aylantiriladi. Bunda suyuq yoki qattiq sorbentlar bilan qo‘shimcha tozalash lozim bo‘ladi. Gazlami tozalashda ko'pincha qattiq katalizatordan geterogen kataliz keng qo‘llaniladi. Keng tarqalgan katalitik usul, bu zaharli organik aralashmalami va uglerod (II) oksidning past haroratda katalitik oksidlash usulidir. Karbyuratorli dvigatellaming chiqaradigan gazlarini (tutunini) zaharsizlantirish uchun ham kattalik neytralizatorlardan foydalaniladi. Zararli aralashmalami tozalash, ulami kattalik qaytarishga asoslangan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, kattalik gidrogenlash yo‘li bilan uglerod (II) oksidini metan va suvga, azot oksidlari, azot va suvga aylantiriladi. Masalan, gazni N02 dan tozalash uchun aluminiy — vanadiyli katalizator ishtirokida N02 ning ammiak bilan qaytarilish reaksiyasidan foydalaniladi. 8 NH3 + 6 NO,-> 7 N2 + 12 H20 Katalitik usulida oltingugurt (IV) - oksidni vanadiy (V) — oksidi orqali oksidlash keng ishlatiladigan usullardan biridir. Katalitik tozalash usulining ustunligi shundaki, bu usul gazni yuqori darajada - 99,9 % gacha tozalash imkonini beradi. Bu usulning kamchiligi shundaki, reaksiya jarayonida yangi modallar hosil bo'ladiki, ba’zan ulami ham sorbsion usulda gazdan ajratib olishga to‘g‘ri keladi, bunday qilinganda iqtisodiy foyda ancha kamayadi. Gazni tozalashda ajratib tashlanadigan moddalardan foydalanish, iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Masalan, azot oksidlarini katalitik gidrogenlash orqali, gazni 0,001% gacha tozalash mumkin. Ammo bu usul qo‘llanilganda yo‘qotilganda foydali moddalaming (azot oksidlarini) yo‘qotilishi natijasida ishlab chiqarilgan nitrat kislotaning tannarxi 10—12 % gacha ortadi. Nitroza gazlarini azot oksidlaridan tozalashda tozalashning persulfat usuli qo‘llanilganda nitrat kislotasining tannarxi amaliy jihatdan olganda oshmaydi, chunki bu usulda ajratib tashlanadigan komponentlardan qo‘shimcha mahsulot sifatida murakkab o‘g‘it (ammoniy nitrat va ammoniy sulfatning aralashmasi) olinadi. Sanoat chiqindi gazlari hajmi katta, ammo ularning tarkibidagi tozalanishi zarur bo'lgan begona, zararli aralashmalarning konsentratsiyasi kam. Ko‘p xarajatlar qilinib, katta hajmdagi tozalash qurilmalari quriladi. Bu hoi iqtisodiy xarajatni oshiradi. Gazni tozalash orqali uning konsentratsiyasini MDK ga yetkazib bo‘lmasa, u holda zararli aralashmani havo bilan suyultiriladi yoki juda katta baland mo‘rilar qurilib zararli aralashma gazlami atmosferaning yuqori qatlamlariga chiqib aralashib, tarqalib ketishiga erishiladi.