Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə34/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Mexanik usuli oqova suvlaming tozalashni eng oddiy nisbatan arzon bo‘lib, yirik despersli muallaq aralashmalami, filtrlash va tindirish orqali tozalashga asoslangan. Mexanik usul tozalashning umumiy texnologik sxemasini birinchi bosqichi sifatida qo‘llaniladi. Mexanik tozalash usuli bilan maishiy oqova suvlaridan 60 % gacha, sanoat oqova suvlaridan 95 % gacha, suvda erimaydigan aralashmalami ajratib tozalab olish mumkin. Mexanik tozalanganda suvning BKE 35 % kamayadi. Mexanik tozalash usulida odatdagi qurilmalar: tindirgichlar, elak filtrlar va boshqalardan foydalaniladi. Agar suvni ikkinchi bosqichda yanada tozalash zarurati boimasa, unga xlor qo'shib so‘ngra oqar suvga yoki boshqa suv havzasiga oqizib yuboriladi.
Fizik-kimyoviy tozalash usuliga: a) koagulyatsiya (aluminiy sulfat yoki temir sulfat yordamida); b) flotatsiya (kichik dispersli aralashmalami flotatsiyalash); d) absorbsiya (aktivlangan ko‘mir, shlak va boshqa qattiq adsorbentlar bilan suvda erigan aralashmalami absorbsiyalash orqali); e) ekstraksiya (erituvchilar yordamida aralashmalami eritib ajratib olish); f) haydash (organik moddalami suvbug‘i bilan haydashga asoslangan); g) ion almashuv (metallami ajratish uchun); h) distilyatsiya va boshqalar kiradi.
Aktivlangan ko‘mirga yuttirish (absorbsiyalash) erigan va muallaq qo‘shimchalami yo‘qotishning eng samarali usulidir. Bunda ko'mir suv bug‘i atmosferasida 930°C gacha qizdirilib regeneratsiyalanadi va aktivlanadi. Ko‘mir sirtiga absorbsiyalangan organik qo‘shimchalar bug‘ bilan birga haydaladi. Koagulyatsiya, ya’ni mayda zarrachalami aglomeratsiyalash, ularni katta zarrachalar bilan birga cho‘kishi jarayoni sodir bo‘ladi. Cho‘ktiruvchi sifatida kalsiy gidrokarbonat bilan ta’sirlasha oladigan aluminiy sulfatdan foydalanish mumkin.
Al2(S04)3+3Ca(HC03)2 2A1(0H)3 I +3CaS04+6C021
Bu reaksiyada aluminiy gidroksid kalloid zarrachalami o‘z ichiga qamrab oladi va ular bilan birga cho‘kmaga tushadi. Aluminiy sulfat bilan bir qatorda koagulyant sifatida temir (III) sulfat, temir (II) sulfat, natriy metaaluminat (NaA102) va mis (II) sulfat yoki ular aralashmasidan foydalaniladi. Masalan,
3FeS04+KMn04+2H20 -> Fe(0H)3+Mn02+K0H+Fe2(S04)3
Mayda zarrachalar (diametri 2 mikrometrdan kam) manfiy zaryadga ega. Bu ularni aglomeratsiyadan saqlaydi. Musbat zaryadlangan Al3+, Fe3+ ion tarkibli koagulyantlar shunday zarrachalami o‘ziga tortadi va agregatlar hosil qilib cho‘kmaga tushadi.
Bu usullar tozalashning sifati va tannarxi bilan bir- biridan farq qiladi. Shuning uchun ham ular ba’zi hollarda tozalashning oraliq bosqichi bo‘lsa, ba’zisida esa oxiigi bosqich hisoblanadi. Foydalanish xarajatlari katta bo‘lgan usullami qimmatbaho metallami ajratib olishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, aktivlangan ko‘mirda absorbsiyalash yoki ion almashuv usullari, rangli metal- lurgiya korxonalarining oqova suvlaridan mis, mx, qo‘ig‘oshin, nikel va boshqa metallami ajratib olishda foydalaniladi. Ekstraksiya usuli yordamida fenolni benzol yoki uglerod (IV) xloridi bilan ekstraksiya qilib ajratib olishda ishlatiladi, yoki suv bug‘i bilan haydalib, ishqor ta’sirida fenolyat shaklida ajratib olinadi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin