Toshkent yangiyul poligraph service


Elektrostatik tozalash usuli



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə30/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Elektrostatik tozalash usuli. Bu usul aerozollarning (gazga aralashgan chang zarralarini) elektrodlar hosil qiladigan yuqori kuchlanishli elektr magnit maydoni orqali o‘tkazilganda, ionlanishi va zaryadlanishiga, ya’ni yemirilishiga asoslangan. Sanoatda keng

qo'llaniladigan elektr filtrining (15- rasm) bir turida katod vazi- fasini bajaruvchi metall tayoqcha bir necha ming volt yuqori kuch- lanish berilganda katod yaqini- dagi havo kuchli ravishda ion- lanadi. Bu apparat orqali aerozol o'tkazilganda, aerozol zarra- chalari manfiy zaryadli zarra- chalari quvurchalarining devor- lariga urilib o‘zining zaryadini yo‘qotadi va neytral zaryadsiz kukun shaklida apparat devor- lariga uriladi. Aerozolning yemi- rilishidan hosil bo‘lgan gazlar aralashmasi esa gazlaming toza- lashda qoMIaniladigan usullari bilan ayrim-ayrim komponent- larga ajraladi.
Elektrodda o‘tirib qolgan changlarni qoqib yoki yuvib tozalash yo‘li bilan yo‘qotiladi. Elektrostatik tozalashning samaradorligi juda yuqori bo‘lib, asosan qora va rangli metallurgiya, issiqlik energetikasi, qurilish materiallari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqalarda keng qo‘llaniladi. Havoni zararli moddalardan — tumanlardan va namlangan gazdagi begona aralashma zarrachalardan tozalovchi ho‘l elektroflltrlar ham quruq elektrofiltrdek ishlaydi.
Sanoat chiqindi gazlarini gazsimon va bug‘simon zararli aralashmalardan tozalashni uch asosiy guruhga bo‘lish mumkin: 1. Suyuqlik bilan absorbsiyalash. 2. Qattiq yuttiruvchilar bilan absorbsiyalash. 3. Katalitik tozalash.
Suyuqlik bilan absorbsiyalash, nisbatan ishonchli va keng tarqal- gan. Bu zararli aralashmaning suyuqlikda tanlab erishishga (fizik absorbsiya) yoki yuttiruvchining aktiv komponentlari bilan ular orasidagi reaksiyaga (xemosorbsiya) ya’ni tanlab ajratib olishga asoslangan.
Fizik absorbsiya — to‘xtovsiz aylanma jarayondir. Chunki zararli gazlarni yutilishi, yutuvchi suyuqliklaming regeneratsiyalash bilan birga olib boriladi. Sharoit (harorat vabosim) o‘zgartirilganda adsorbent regeneratsiyalanadi, bunda adsorbentga yutilgan gaz aralashmasining desorbsiyalanishi sodir bo'ladi.
Regeneratsiyalangan eritma tozalash uchun yuboriladi. Bu usul bilan murakkab gazlar aralashmasida atseton dimetilformamid va boshqa absorbentlar yordamida atsetilenni ajratib oldilar. Xemo- sorbsiyada, masalan, oltingugurt (IV) oksidini tutib qolish uchun 60 dan ko‘p turli xil usullar taklif etilgan, ular absorbsiyalash va kimyoviy ta’sirlanuviga asoslangan. Biroq ularning hammasi ham bir vaqtda samara bermaydi va iqtisodiy jihatdan qulay emas. Eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri oltingugurt (IV) oksidini ohak, mangniy sulfat eritmasi ammoniy gidrosulfid va natriy aluminiyning ishqoriy eritmasi orqali yutilishiga asoslangan.
Tarkibida 0,1—0,5 % S02 bo‘lgan gazlami tozalash uchun ohakli usuldan foydalanish iqtisodiy jihatdan qulay S02 ning miqdori ko‘p bo‘lganda esa sulfat ammoniyni qo‘llashga asoslangan ammiak avtoklavli va ammiaksiklik usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Azot oksidlarini tutib qolish uchun kalsiy yoki natriy gidroksidining eritmalari ishlatiladi. Gazlar suyuqlik yuborib turilgan to‘lqinsimon nasadkadan o'tkazilganda samaraga erishiladi, ya’ni 95 % azot oksidi ushlab qolinadi.
Tarkibida ftor tutgan qo‘shimchalardan gazlami tozalash alohida ahamiyatga ega. Ularning juda ozgina miqdori ham (10 %) o‘simliklarga zararli ta’sir etadi. Agar ajralib chiqayotgan gazlarda vodorod ftorid yoki ftor bo‘lsa, ularni natriy gidroksidning 5—10 % li eritmasi bilan nasadkali kolonnadan o‘tkaziladi. Bunda bir daqiqa davomida quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi.
F2+2Na OH 02 +H20 + 2NaF HF+NaOH NaF+H20
Hosil bo‘lgan natriy ftorid yana natriy gidroksidini regene- ratsiyalash uchun ohak bilan qayta ishlanadi.
2Na F+CaO + H20 -* CaF2+2NaOH
Gazlarni vodorod sulfiddan tozalash uchun oksidlashga asoslangan bir qancha usullari taklif etilgan. H2S ni yo‘qotish uchun temir (III) oksididan foydalanilmoqda. Temir (III) oksidining suvdagi suspenziyasi va vodorod sulfid tutuvchi gazni nasadkali kolonnadan oqim qarshiligi prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi.
6H2S+2Fe203 - 2Fe2S3+6H20
Atmosfera havoni shu eritma orqali o'tkazish yo‘li bilan hosil bo‘lgan sulfidni ajratib olinadi.
2Fe2S3+902 -> 2Fe203+6S02
H2S ni ayniqsa, viskoza tolalari ishlab chiqarishda tutib qolish uchun ishqor gidroxinon usullaridan ko‘proq foydalanilmoqda, bunda 11. H2S ni tutib qolish uchun 120 — 250 kg natriy gidroksid; 260 va 420 kg soda va 5—8 kg gidroxinon sarflanadi.
H2S ni suyuq fazoda xemosorbsiyalashda asosan, qaytar kimyoviy reaksiya boradi. Masalan, 15 % li etanolaminning suvdagi eritmasi 25 — 40°C haroratda H2S ni juda yaxshi yutadi.
2HOCH2CH2NH2+H2S ^ (OHCH2 CH2NH3)2S (OHCH2CH2NH3)2S+ H2S & 2HOCH2CH2NH3 HS
Bu vertikal muvozanat o‘ngga siljigan bo‘ladi. Harorat 100°C ga ko‘tarilsa, muozanat chapga siljiydi va H2S ajralib chiqadi. Eritma esa regeneratsiyalanadi.

Sanoatda qo‘llaniladigan adsorbentlar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:

  1. adsorbsion sig‘im, ya’ni harorat bosimiga bog‘liq holda eritib olinuvchi komponentning eruvchanligi. Bu ko‘rsatkich tozalashning iqtisodiy samaradorligini belgilaydi (aylantirish va desorbsiyalash uchun ketadigan energiya va issiqlik), regeneratsiyalashning desorbsion usulida eruvchanlik o‘zgarishining harorat koeffitsienti Kt katta bo‘lgan erituvchilardan foydalanish rentabelli hisoblanadi. Kt+10/Kt;

  2. selektivlik bu bir-biridan ajratiladigan gazlaming erituvchanligi nisbatlari bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar qanchalik katta farq qilsa, yuttiruvchining selektivligi shunchalik yuqori bo'ladi;

  1. yuttiruvchining bug‘ bosimi kam bo‘lishi kerakki, u toza- lanuvchi gazni o‘z bug‘i bilan kamroq ifloslantirsin;

  2. adsorbentning tan narxi past bo'lishi kerak;

  1. apparatlami korroziyalash ta’siri bo'lmasligi kerak.

Gazlami tozalash uchun ishlatiladigan asosiy adsorbentlar suv, ammiakli suv, ishqor, eritmalari, etanolaminlar, dimetilformamid, kaliy permanganat, metallaming turli kompleks birikmalari va boshqalardir.
Absorbsion apparat sifatida: sug‘orish minorasi, tarelkali va tokchali, ko‘p tokchali, ko‘pikli adsorber va boshqalardan foydalaniladi. Absorbsidlab tozalashning ustunligi aralashmalaming gazdan ajratib olish va yutgich eritmani regeneratsiyalash jarayonining to‘xtovsizligi hamda tozalashning yuqori samaradorligi, tejamkorligidadir. Bu usulning kamchiligi esa, qurilmalarning beso‘naqay kattaligi texnologik sixemasini murakkab va ko‘p pog‘onali yoki ko‘p bosqichligidadir.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin