Suv sayyoramiz yuzasining 70 % ni tashkil etadi. Uning umumiy hajrni 1 mlrd. 345 mln. km3 (1 km31 mlrd. tonnaga teng). Shundan 1 mlrd 137 mln. km3 yoki 94,1 foizi sho‘r, ichishga yaroqsiz suv bo‘lib, dengiz va okeanlarda to‘plangan. Muzliklardagi (qumqlikning
foizi muzliklardan iborat) suv 24 mln. km3 yoki 1,6 % dir. Ko‘l va daryolar suvi 231,2 ming km3, atmosfera suvlari 14 ming km3, yer osti suvlari 75 ming km3. Yerda ichishga yaroqli suv miqdori
5 mln. km3 yoki 0,3 % dir. Muzliklardagi suvni ham qo‘shib hisoblaganda 2 % ga yaqin. Hozirgi kunda Yer shari aholisining 1/3 qismida ichimlik suvi tanqis bo‘lib turibdi.
Suv xalq xo£jaligining barcha sohalarida, jumladan, kimyo sanoatida ham keng qo‘llaniladi. Buning sababi suvda ko£pgina foydali xossalar (universal erituvchi ekanligi, rangsiz, hidsiz, ta’msiz, zaharsizligi, issiqlik sig£imining kattaligi va boshqalar) borligidandir. Suv kimyo sanoatida turli maqsadlarda ishlatiladi. Masalan, erituvchi sifatida yuvish ishlarida, ashyolami flotatsiyalashda, isitish, sovitish maqsadlarida, issiq almashtirish jarayonlarida, hatto xomashyo, reagent (masalan: sulfat, nitrat, fosfat, kislotalarini, ishqor va asoslami ishlab chiqarishda, vodorod olishda, gidroliz va gidratlash reaksiyalarida va boshqalar) sifatida ishlatiladi.
Suvning eng yirik iste’molchilaridan biri kimyo sanoatidir. Shu- ning uchun ham kimyo korxonalari suv manbalariga yaqin joylarda quriladi. Masalan, ayrim kimyoviy mahsulotlaming 1 tonnasini ishlab chiqarish uchun quyidagicha suv sarflanadi: aluminiy 1500, po£lat 270, nikel 400, viskoza ipagi 1200, sintetik kauchuk 1600, kapron 2500, nitrat kislota 200, sulfat kislota 50, ammiak 1000, fosfor 15 m3/t, faqat bitta kapron zavodi 120 ming kishi yashaydigan shahar ta’minotiga sarflanadigan suvga teng miqdorda suv sarflaydi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish ehtiyoji uchun chuchuk suvning umumiy miqdoridan 40 % ga yaqini sarflanmoqda. Shuning uchun ham Yer sharining ba’zi joylarida ichimlik suvi tanqisligi kuzatilmoqda.
Buni oldini olish, kimyo korxonalaiiga suv sarfini kamaytirish uchun ishlab chiqarishni yopiq sistemaga o‘tkazish, ishlatilgan suvni oqizib yubormay, tozalab qayta ishlatish. Ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, suvdan kam foydalanuvchi texnologiya yaratish, suv bilan sovitish sistemalarini havoda sovitish, sistemalariga o‘tkazish lozim.
Tabiiy suvlar kelib chiqishiga qarab uch qismga boMinadi: 1. Atmosfera suvlari. 2. Yer usti suvlari (daryo, ko‘l, dengiz va okean suvlari). 3. Yer osti suvlari.