V- Gazsimon aralashmalar quyidagi usullar yordamida ajratiladi: 1) ketma-ketlik bilan kondensatsiyalash (sekinlik bilan haroratni pasaytirib, bosimni esa oshirib borish orqali gazlami suyuq holga o'tkazish); 2) suyultirilgan gazlar aralashmasini ketma-ketlik bilan bug‘lantirish yoki rektifikatsiyalash; 3) absorbsiyalash va desorbsiyalash; 4) absorbsiyalash va desorbsiyalash. j
Ketma-ketlik bilan kondensatsiyalash usuli gazlar aralashmasi komponentlarining suyuqlanish haroratlari har xilligiga asoslangan. Bu usul bilan qattiq yoqilg'ilarni kokslashda foydalaniladi. Hosil bo‘luvchi uchinchi mahsulotlami, tabiiy gazni, neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan gazlar qayta ishlanadi. Keng qo‘llaniladigan usullardan biri adsorbsion — desorbsion usuldir. Bu usulda gaz aralashmasi tarkibidagi komponentlardan biri sovuq yo erituvchida tanlab yuttiriladi. So‘ngra absorbsiyalangan gaz eritmani qizdirish yo‘li bilan ajratib olinadi. Absorbsiya — desorbsiya qurilma sxemasi 9- rasmda berilgan.
Bunda adsorblovchi suyuqlik awal adsorberni yuqoridan sug‘oradi, unga qarama-qarshi oqimda esa, ostdan gazlar aralashmasi kiritiladi. Absorbsiyalangan suyuqlik issiq almashtirgichga oqib o‘tadi va ancha issiq desorbeming tepasidan sachratiladi. Undan gaz ajralib chiqqach desorberdan erituvchi awal issiq almashtirgich orqali o‘tib soviydi. So‘ngra sovitgich oiqali sovub, yana adsorbeiga keladi. Shunday qilib, erituvchi suyuqlik ketma-ket bir necha marta aylanadi (sirkulyatsiyalanadi).
Bu usulda gazlami etanolaminning suvdagi eritmasidan foyda- lanib, H2S, C02, S02 lardan tozalanadi. Masalan, rangli metal- lurgiya gazlaridan S02 ni ajratib olishda, koks gazlaridan xom benzolni, turli uglevodorodlami ajratib olishda qo‘llaniladi.
Adsorbsion — desorbsion usulda aralashmalar qattiq adsorbentga yuttirib ajratiladi. Bu usul adsorbsion — desorbsion usuldan adsorbentning agregat holati bilan farq qiladi.