-Suyuq aralashmalaming (eritmalar) tarkibidagi moddalarni bug‘lantirish, muzlatish, to‘yintirish, komponentlarni cho‘kmaga tushirish, ekstraksiyalash yoki retifikatsiyalash orqali ajratadilar yoki konsentrlaydilar.
Bug‘lantirish, kislotalar, asoslar, tuzlar va mineral o‘g‘itlar tarkibidagi suvni yo'qotish uchun qo'llaniladi. Muzlatish bilan odatda qish paytlarida tabiiy sho‘robalar konsentrlanadi. Ko‘pgina kimyoviy ishlab chiqarishlarda dastlabki va aylanma eritmalar foydali komponentlar bilan to‘yintiriladi< Masalan, tabiiy sho'robalarda osh tuzini eritib to‘yintiriladi va soda ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo sifatida foydalaniladi. Glinozyom ishlab chiqarishda osh tuzi elektrolizida aylanma eritma to‘yintiriladi.
t Komponentlarni cho‘kmaga tushirish uchun eritmalarga cho‘ktiruvchi reagentlar qo‘shiladi, natijada kimyoviy reaksiya borib yoki asosiy komponent, yoki begona aralashmalari kristall holda cho‘kmaga tushadi. Yoki eritmadagi kalloid aralashmalarni, polimerlarni koagulyatsiyaga uchratadi va cho‘ktiradi( Bu usuldan mineral tuzlar, organik moddalar ishlab chiqarishda polimetall rudalarni qayta ishlab rangli metallarning konsentratlarini olishda keng foydalaniladi.'
' Neft kimyosi ishlab chiqarishida va organik sintezda suyuq aralashmalarni ajratishda, asosan, suyuqliklarda ekstraksiyalash va rektifikatsiyalash keng qo‘llaniladi. Suyuqliklarda ekstraksiyalash bir- biri bilan aralashmaydigan suyuqliklar yordamida eritma tarkibidagi komponentlarda birini yoki bir nechtasini selektiv (tanlab) eritish orqali ajratiladi.! Bunda eritib oluvchi — selektiv erituvchi eritma bilan ikki qatlam hosil qiladi. Shundan foydalangan holda, ular ajratib olinadi, erituvchi haydaladi va yana erituvchi sifatida ishlatiladi, erituvchidan
qolgan moddalar esa aralashmalar sifatida alohida olinadi. Masalan, nitrobenzol, furfural yoki boshqa qutbli erituvchilar yordamida surkov moylari turli zararli aralashmalardan tozalanadi.
| Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, moy kislotalari va boshqa ko'pgina oiganik moddalami ajratib olishda ekstraksiyalovchi modda sifatida dietil efir, benzol, dimetilformamid, xloroform va boshqalar ishlatiladi. Rektifikatsiya, neftni qayta ishlashda va organik moddalar ishlab chiqarishda keng qollaniladi. Bu usul moddalaming qaynash haroratining har xilligiga asoslangan bo‘lib, moddalami tozalash va ajratish maxsus apparatlarda — rektifikatsiya minoralarida olib boriladi./