S02 ning % miqdori 2 5 6 7 8 9 10 02 ning % miqdori 18,2 14,1 12,7 11,3 10,0 8,6 7,2 S02 ni S03ga aylan- tirishning % miqdori 97,1 96,5 96,2 95,8 95,2 94,3 92,3 Bundan ko‘rinib turibdiki 2 % S02 bo‘lganda S03ga aylanish darajasi eng yuqori 97,1 % bo‘ladi, ammo bunda kontakt apparatining mahsuldorligi past bo‘ladi. S02 ni miqdori orta borgan sayin S03ga aylanish darajasi pasayib boradi. Optimal gazlar aralashmasi quyidagicha bo‘ladi: 7—8 % S02, 10—11 % 02va 82 % N2 Shunday tarkibli aralashma 400°C haroratda 99,2 % unum beradi. Ammo bunday haroratda reaksiya tezligi va demak, mahsuldorlik juda past bo‘ladi (58- rasmga qarang). * loo § 80 60 40 20 0 Shuning uchun ham hozirgi zamon vanadiyli kontakt massasida oksidlash bir necha bosqichda olib boriladi. Har bir bosqichda o‘zining maqbul harorati aniqlanadi. Bu harorat birinchi bosqichdan (580— 600°C) oxirgi bosqichga (450—400°C) tomon pasayib boradi. y^SOj ni oksidlanish jarayoni eng avvalo qo‘llaniladigan katali- zatorning aktivligi bilan aniqlanadi. S02 ni oksidlanishiga minglab moddalar ta’sir etadi. Ammo sulfat kislota ishlab chiqarish sanoatida turli davrlarda faqat uchta katalizatordan foydalanilgan. Bular: 1) pla- tina metali; 2) temir (III) oksidi; 3) vanadiy (V) oksidi. ^ Bulardan eng aktivi platinadir, ammo u juda qimmat turadi hamda oz miqdorda mishyak tasirida qaytmas bo‘lib zaharlanadi. Temir (III) oksidi esa arzon, mishyak bilan zaharlanmaydi, ammo faqat 625°C dan yuqori haroratdagina katalitik aktivlik ko‘rsatadi. Biroq bunday yuqori haroratda S02 ning S03 ga aylanishi 70 % dan ham kam, odatda 50—60 % bo‘ladi. Shuning uchun ham u faqatgina taxminiy kontaklashdagina foydalanilgan. Vanadiyli katalizator platinadan ancha arzon va mishyak birikmalari bilan zaharlanish darajasi platinaga nisbatan bir necha ming marta kamdiri Shunga ko‘ra MHD dagi barcha sulfat kislota ishlab chiqaradigan zavodlar faqat vanadiyli kontakt massasidan foydalanayotir.
Vanadiyli katalizator massasi 7% V205 dan va aktivlovchi (promotor)-ishqoriy metall oksidlaridan (ko‘pincha Kp qo‘llaniladi) iborat bo£lib, bu aralashma yuqori aktivlikka ega bo‘lgan g‘ovak alyumosilikatlar yoki kremniy (IV )- oksidiga shimdiriladi, hosil bo‘lgan aralashmadan turli shakllarda: g‘ovak granulalar (shar shaklida), tabletkalar va xalqalar shaklida 5 mm, kattalikda katalizator tayyorlanadi. Kontakt jarayonida K20 kaliy pirosulfatga (K2S207) aylanadi. Vanadiy (V) oksidi unda erigan holda katalizator g‘ovaklari yuzasini to'ldiradi. Har qanday katalizatorda ham vaqt o'tishi bilan S02 ni oksidlanish darajasi ortibborad|^Buni quyidagi grafikda (59- rasmga qarang) ko‘rish mumkin. TJrafikda ko‘rinib turibdiki, harorat qanchalik yuqori bo'lsa, muvozanat shunchalik qisqa vaqtda qaror topadi. Demak, unum ham shunchalik kam bo‘ladi. S02 ni S03 ga oksidlanishining kinetik(tezlik) tenglamasini G. K. Boreskov topgan. Bu tenglama quyidagicha ifodalanadi.