Mirach Chag'ri Oqtosh
qattiq sevdim. Sen yashayotgan
shaharni nafas olib,
chiqarayotganing uchun sevdim. Xushlamagan narsalarim
sening sevimli narsalaring ekanligini bilib,
men ham
ularni sen bilan birga sevdim. Hammadan qochdim. Butun
insoniyatdan yuz o'girib, bir senga keldim. Sen
bilan
ovunishni istadim. "Sen undan afzallariga loyiqsan. Senga
undan boshqa odam qurib qolganmi?
U senga umuman
munosib emas!" deganlarga quloqlarimni berkitdim. Seni
ayblagan hammaga qarshi chiqdim. Endi bo'lsa o'sha
insonlarning oldida uyatdaman...
O'zimni sening soxta muhabbating bilan ovutdim.
Men seni, hatto "Seni istamayman!" degan o'sha so'zingni
ham balkonimdagi gul tuvaklariga ekishni istaydigan
darajada telbalarcha sevdim. Meni yarim yo'lda tark
etganingda ham, ortingdan qoldirib ketgan azoblarga sodiq
yashagancha, ularga, hatto gard ham qo'ndirmadim. Meni
tugatib, mana ko'rib qo'y degandek kb'zimning o'ngida
o'zgalar bilan
vaqtichog'lik qilishingga qaramay, seni
baxtli bo'lishingni istadim. Tinglayotgan bar musiqamning
naqoratida, o'qiyotgan bar bitta
kitobimning bar jumla-
sida senga duch kelishimga qaramay,
o'sha
musiqani
tinglashda va o'sha kitobni o'qishda davom etdim.
Yer
yuzida mavjudligimga shubha qiladigan
darajada meni ko'rmaslikka olganingda ham ko'zlarim
sendan boshqasini ko'rmadi. Seni bag'rimga
bosgan
vaqtimda iforingdan ich-ichimga to'ldirib olishni istay
digan darajada senga oshiq edim. Bularning barchasini
faqat seni sevganim uchun qildim. Pushaymonmanmi?
O'lgudek!
91
To'siqiarga qaram ay sevdik
Albatta, sening yuraging yo'qligi uchun bunday
tuyg'ularning farqiga bormaysan.
Agar inson sevih
qolsa, yuragi uning jilovini o'z qo'liga olar ekan va o'zi
istagan tomonga burar ekan. Ovozing boricha sevma deb
baqirsang ham u bunga sira quloq solmas ekan. Qalbingga
so'zingni o'tkazolmas ekansan. Men ham o'tkazolmadim.
Noiloj edim. Chunki oshiq edim. Ammo
oshiqhgimni deb
qadrsizlandim.
Hozir tashlab ketgan joyingdan senga
shivirlayman: Noloyiqsan!
Dostları ilə paylaş: