lirach Chag'ri Oqtosh
mavjud. Buni ikki qalbning o'rtadagi masofa qanchalik olis
bo'lsa ham bir-biriga talpinishidan bilishingiz mumkin.
Ammo men bir-biriga munosib bo'lgan-u, lekin ikkisining
o'rtasida
tog'lar va uzun yo'llar yastangan bo'lishiga
qaramay, baribir sevgisidan
tonmagan insonlarning
sevgisiga va samimiyatiga ishonaman, sevishini iddao
qilgancha, har Xudoning bergan kunida bir-birini
zaharlab, zarar berganlarnikiga emas. Ularniki sevgi emas,
yaltiroq jildga o'xshaydi. Bilasiz, bizda hamma yaltiragan
narsaga uchadi. Haqiqiy sevgi sovuq havoda asqotadigan
to'qima sviterga o'xshaydi. Kim birgina o'sha
sviter bilan
qanoatlansa va isinadigan bo'lsa, ishq o'sha insonga
yarashadi. Zotan ishq degani boriga qanoatlanib, shukr
qihsh emasmi?
Balki oshiqdirsiz. Kimnidir jondan ortiq sevarsiz.
Ammo bir tomonli munosabat
bilan faqat bir joygacha
borishingiz mumkin. U ham kuchingiz va sabringiz
yetgan yerning so'nggi manzilidir. Allaqachon voz
kechgan bo'lishingizga qaramay, o'sha damgacha sevishni
uddalagan bo'lsangiz, ko'nglingiz xotirjam bo'laversin.
Qayerda bo'lsangiz ham haqiqiy baxt bir kuni eshigingizni
taqillatadi.
Eslatma: Bir inson sizni chindan sevish yo
sevmasligini bilmoqchi bo'lsangiz,
bu munosabatni
xohlamasligingizni aytganingizdan keyin qo'l siltab
ketadimi yoki yanada qattiqroq kurashadimi, shunisiga
e'tibor bering. Aynan shu vaziyatda uning qanday yo'l
tutishi sizga bo'lgan munosabati qat'iy
yoki beqaror
ekanligini ko'rsatadi.
Yor tark etgan bo'lsa-da,
Uni sevishda hanuz davom etishga Ishq deyiladi.
97
To'siqiarga qaram ay sevdik
Ko'nikasiz
Ishonch bildirasan-u, ishonching puchga chiqadi,
ko'nikasan. Ko'ngil qo'yasan-u
tark etilasan, ko'nikasan.
Qilmagan
fidokorliging,
sarf
qilmagan
harakating,
to'kmagan ko'zyoshing, his qilmagan azobing qolmaydi,
ammo kelib-kelib o'rningga qiymatsiz bir
insonni
almashtirishadi, ko'nikasan. Eng yaqin do'stingdan eng
og'ir zarbani yeysan, ko'nikasan. Hatto o'z
otang seni
tashlab ketgan bo'lsa ham, qolganlar seni sevishiga umid
qilasan, ammo u yerda ham xato qilasan, ko'nikasan.
Eng ko'p ishonganlaring tomonidan qazilgan chohlarga
qulaysan, ko'nikasan.
Bu safar adashmayman, bu safar
yaralanmayman deb o'ylaysan, ammo ko'zlaringni ochsang,
o'zingni qop-qorong'u bir tunnelning ichida ko'rasan,
ko'nikasan. Qisqasi, sen insonsan! Yengolmayman deb
o'ylagan narsangni yengasan,
usiz yasholmayman degan
insoningsiz ham yashaysan, qaytib turolmayman degan
joyingdan oyoqqa turasan. Chunki sen insonsan va har
qanday dardga bardosh qila olasan.
Dostları ilə paylaş: