To'siqiarga qaram ay sevdik
Sevgining mohiyati
Ishqning asl mohiyatini bilmaguncha huzur va
saodatga erisholmaysiz. Qani, menga aj^ingchi, sizningcha
ishqning asl mohiyati nimada? Tanishganinga hali ikki
kun bo'lgan odamga sevgi izhor qiUb, o'zingni va uni
aldashdami? Yoki bir-biriga m oyillik tuygan qalblarning
bir yerda kesishishidami? Ikki yurakning bir vujudda
yashashiga erishishdami? Yo bo'lmasa bir-birovni baxth
qilishdami? Yoki chindan ham sevib, sevilmaganini bilgan
holda unga nisbatan his qilgan tuyg'ularidan bir on bo'lsa-
da tonmaslikdami?
Ehtimol siz uchun biroz sodda tuyuhshi mumkindir,
ammo o'ylashimcha, ishqning asl mohiyatini ushbu jumla
oydinlatadi: "Asl oshiqlik - yordan mahrum bo'lganda
ham sevishda davom etmoqdir...” Har qanday inson sevib
qolishi, oshiq bo'lishi yoki shunchaki yoqtirib qolishi
mumkin. Bu juda tabiiy holat. Negaki biz insonmiz,
ta'sirchan mavjudotlarmiz. Albatta, bu so'zlarim hammaga
ham taalluqli emas. Har qanday inson odam bo'lmagani
kabi, men tilga olgan noziktuyg'ular ham hammaga birdek
beriladigan narsalar emas.
Mavzudan chetlashib ketmaylik. Biz har doim
ko'ngil qo'ygan insonimiz bizni ham sevishini istaymiz.
Tuyg'ularimizga munosib javob olishni xohlaymiz. Ammo
bu oshiqlik emas, kutishdin Lekin biz buni anglamaymiz.
To'g'rirog'i, anglashni istamaymiz.
Shunga
qaramay,
ayrim ikki tomonli muhab-
batlarda ham xolislik bo'lishi mumkin, ammo har ikki
tomonli munosabatlarni ham samimiy va rost sevgiga
quriladi, deb aytolmaymiz. Albatta, ikki tomonli sevgi
Dostları ilə paylaş: