M irach ChagVi Oqtosh
yutuq chiqib qolar degan umid bilan ancha yillar lotoreya
sotib olishdan charchamadingiz. Kasalxonaga borar
ekanman, siz uchun uch dona lotoreya chiptasidan sotib
oldim. Kasalxonaga yetib keldim. Onam telefonda yig'lardi.
Birozdan so'ng xolalarim ham yetib kelishdi, yig'lagancha
meni bag'rilariga bosishdi.
Qo'limdan
hech narsa
kelmasdi. Kasalxonaning saratonga chalingan bemorlar
joylashgan qavatiga ko'tarildim. Ichkariga ko'pchilikni
kiritishmayotgan edi, faqat navbat bilan kirishimiz
mumkin edi. Ichkaridan xolam chiqdi va yig'lagancha
meni bag'riga bosdi. Bemorning
yoniga kirish uchun
navbatini menga berdi. Yoningizga kirdim. Uxlayotgan
edingiz. Boshingizda biroz o'tirdim, keyin uyg'ondingiz
va qo'lingizni men tomonga uzatdingiz. Ko'nglim buzildi.
Xayolimga o'lim keldi. O'lim - naqadar achchiq,
naqadar
qochib bo'lmas narsa.
Ko'zlaringizni ochdingiz. Qorachiqlaringizda baxtni
ko'rdim. Nigohingizdan "Nabira degani mana shunday
bo'ladi", degan jumlani o'qidim. Necha yillardan buyon
bobo mehrini ko'rmay qalbimda ochilgan bo'shliq o'sha
onda, o'sha jumla bilan to'lgandi.
Sevinchdan oyoqqa
turdingiz.
Yoningizdagi
bemorlarga
qarab,
"Ko'rib
qo'yinglar, bu mening nabiram bo'ladi. Menga lotoreya
chiptasini olib kelibdi. Agar boshqa birovdan iltimos
qilganimda, yodidan chiqarardi,
ammo u men aytmasam
ham olib kelibdi”, dedingiz. Hammaning nigohi menda,
mening qalbim otashda edi. Yig'lab yubormaslik uchun
o'zim bilan kurashayotgan edim. Chunki o'sha onda ilk bor
meni "nabiram" dedingiz. Shu menga kifoya edi. Necha
163
To'siqiarga qaram ay sevdik
yillarki, yuragimda saqlanib yotgan arazlar tarqaldi...
Sizni qattiq yaxshi ko'raman, bobo! Buni siz bilasiz, men
bilaman. Bu bizga yetadi...
O'lim bor. Quchishni, sevishni va kechirishni
ortga
surmang...
Dostları ilə paylaş: