To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021



Yüklə 154,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/75
tarix22.12.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#190033
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

164


Mirach Chag'ri Oqtosh
Vidolashmayman, biroz tanaffus qilaman...
Va nihoyat xotimaga yetib keldik... Men bu qismni 
yozishda doim hayajonlanaman. Xotimani yozar ekanman, 
o'zimni go'yoki bir filmning eng ta'sirli sahnasini tomosha 
qilayotgandek his 
qilaman. 
Hissiyotga berilgancha, 
ko'zlarim jiqqa yoshga to'lib-to'lib qoralayman sahifani. 
Xuddi 
qadrli 
narsam 
bilan 
vidolashayotgandek 
tuyuladl. Mayli, gapni ko'p cho'zmaylik. Xayollar haqida 
gaplashaylik? Ular judayam go'zal, shunday emasmi? 
Garchi, haqiqatga aylanmasa ham, insonning eng ko'p 
yashaydigan joyi bu - uning xayollaridir...
Kimningdir cho'ntagi qappaygan, ammo suradigan 
xayoli yo'q. Kimdir cho'ntagi va qornini to'ydirish bilan 
birga ruhiga ham ozuqa berishga katta ahamiyat beradi. 
Kimnidir esa na boradigan biron joyi, na ovunadigan 
bir insoni bor. Faqatgina haqiqatga aylantirishni istagan 
va suyanib qolgan yolg'iz xayollari bor xolos. Bir kuni u 
xayollari haqida bir insonga aytib beradi va bor xayollari 
ham puchga chiqadi.
Men bolalik xotiralariga katta ahamiyat beradigan, 
ammo bolalik davrini surmagan bir insonman. Bosh suqib 
boradigan biror makonim va biror kimim yo'q edi. Shunda 
o'ylab-o'ylab shu fikrga keldim, "Modomiki, bolalik davrini 
surolmagan ekanman, loaqal go'zal xayollar surishim 
kerak", dedim o'z-o'zimga.
Xayollarimning asosiy qism io'zm ualliflikkitobim - 
ni yozib chiqarish to'g'risida edi. Ammo shunday yozuvchi 
bo'layki, kitoblarimni minglab insonlar o'qisin degan
165


To'siqiarga qaram ay sevdik
xayol bo'lmagan sira. Faqat bir nusxada kitob chiqarishni 
va o'sha kitob ham faqat o'zimda bo'lishini istardim.
Bir kuni onam bilan bir kitob do'konigabordik. Kitob 
sotuvchisiga kitob mavzusini va o'ylab yurgan xayollarim 
haqida gapirib berdim. U esa menga, sening kitobing 
sotilmaydi, rastalarda qolib ketadi, degan edi. O'sha kuni 
butun xayollarim chippakka chiqqan edi. O'sha oqshomni 
sira unutmayman. Uyga sarobga aylangan xayollarim bilan 
qaytgan edim. O'sha tunda boshimni yostiqqa qo'ygancha, 
ko'zlarimni shiftga qadadim. O'shanda nima voqea sodir 
bo'ldi bilasizmi? Men ayni o'sha lahzada, o'sha fikrimda 
yanada qat'iylashdim. Taslim bo'lmadim. Voz kechmadim. 
Chunki mening eng buyuk orzuim shu edi va men buni eng 
go'zal shaklda amalga oshirdim. Allohim menga shunday 
bir go'zal yo'lda yurishni nasib etdiki, bu ham yetmagandek 
o'sha yo'lda birga yurish uchun go'zal qalbli hamrohlar 
ham berdi. Ya'ni, sizlarni. O'sha kun bugundir va bu 
yo'lda men sizlar bilan birgalikda yuryapman va faqat bir 
nusxadagi kitob bo'lishini istardim, ammo hozir beshinchi 
kitobimning xotima qismini yozmoqdaman. Quvonarlisi, 
ushbu kitoblar insonlarning yuragidan shu qadar chuqur 
joy egalladiki, minglab o'quvchilar tomonidan mutolaa 
qilindi va mehrini qozondi...
Yaxshiyam o'sha pa}^i orzuimdan voz kechmagan 
ekanman. Aytgancha, xayollarimni chippakka chiqargan 
o'sha sotuvchi esa kitoblarimning hammasini sotib, non 
puli topayapti. Undan g'azablanmayman. Yaxshiyam o'sha 
kuni xayollarimni chippakka chiqargan ekan. Chunki 
u o'zi bilmagan holda mendagi qat'iyatning oshishiga

Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin