To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


O'zgasi uchun azob chekkaningni ko'rdim



Yüklə 154,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/75
tarix22.12.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#190033
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

O'zgasi uchun azob chekkaningni ko'rdim.
Seni bu holatdan qutqarish uchun hamma ishni 
qildim. Loaqal shuning evaziga sevsang edi meni...
160


Mirach Chag'ri Oqtosh
Endi ko'ngil qo'ymayman
Ortiq hech kimni sevmayman. Sevishga urinib ham 
ko'rmayman. Kimgadir yoqish uchun harakat qilmayman. 
Ko'zyoshi to'kayotgan kimnidir ko'rsam, borib bag'rimga 
bosmayman.
Kim nima qilsa shuni qilsin. Kim kimni sevishi bilan 
ham endi qiziqmayman. Xohlasangiz meni his-tuyg'usiz 
deng, xohlasangiz xudbin deng. Yaxshisi siz ham birovni 
sevmang. Chunki hech kim muhabbatga arzimaydi. 
Shaxsan men insonlar sevilishga arziydi, deb o'ylamayman. 
Kimni sevsam yoki kimgadir sevishimni bildirsam, doim 
azobda qolgan men bo'laman. Kimga mehr berib, mehr 
kutsam, doim mehrsizlikdan qiynalgan men bo'laman. 
Men sevsam, sevgan insonim tunlari bemalol uxlaydi
doim bedor qolgan men bo'laman. Men sevsam, sevilgan 
tomon juda baxtli bo'ladi, baxtsiz qolgan tomon yana men 
bo'laman. Men sevsam, narigi tomon hayotda yashashni 
davom etadi, ammo men davom etolmayman.
Sevgi azoblaydi. Pushaymon qiladi. Xayollaringni 
puchga chiqaradi. Hasratda qoldiradi. Agar inson bularni 
boshdan kechirgan va bo'g'zigacha azob bilan to'lgan 
bo'lsa, qaytib hech kimga ko'ngil qo'yishni istamaydi.
Agar bir inson vaqtida sevilib, tark etilgan bo'lsa, 
inson zotini sevilishga munosib bir mavjudot, deb
hisoblamaydi.
161


To'siqiarga qaram ay sevdik
Bobomga...
Menga ko'p bor ozor berdingiz bobo. Ammo men 
sira ginachi bir inson bo'lmadim. Shukrki, vijdonim ham 
men qayerga bormay, doimo yonimda edi. Boshimda otam 
yo'qligi sababli, meni odam bo'lmaydi deb o'ylaganingiz 
uchun meni sira ham yoqtirmasdingiz. Ammo shunday 
bo'lsa-da, men bunga umuman e'tibor bermadim. Meni 
ko'zdan yo'qotish uchun qilgan harakatlaringiz meni sira 
qiynamadi.Buurinishlaringiz sizgabo'lgan muhabbatimni 
zarracha ham kamaytirmadi. Zero muhabbat degani har 
doim ham ikki tomonlama bo'lavermaydi. Bu hayotda bir 
tomonlama sevgilar ham bor. Inson sevilmagan tomonni 
ham sevishi mumkin. Ko'rmaslikka oladi, eshitmaslikka 
oladi, ammo baribir muhabbat qo'yishi mumkin.
Men necha yillardan buyon oila bag'ridan mosUvo 
ulg'aydim. Faqatgina bir haqiqatim bor edi, u ham 
bo'lsa onam... Balki siz men uchun yaxshi bobo bo'la 
olmagandirsiz, ammo siz yaxshi ota edingiz. Onamning 
otasi bo'lganingiz uchun ham sizni qattiq yaxshi 
ko'rardim. Goh menga uyingizning eshigini ochardingiz, 
goh eshikdan haydab chiqarardingiz. Ammo siz baribir 
mening nazarimda hech qachon tashlab ketmaydigan
sabrH va uddaburon bir ota edingiz.
Otalari doimo yonida bo'lgan nabiralaringizdan 
tashqari, sizni sizga oshkor qilmay yaxshi ko'radigan bir 
nabirangiz bor edi, bilmasdingiz. O'sha men edim...
Bir kuni telefon jiringladi. “Bobong kasalxonada", 
deyishdi. Siz lotoreya o'yinini juda yoqtirardingiz. Bir kuni

Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin