To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021



Yüklə 154,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/75
tarix22.12.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#190033
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

162


M irach ChagVi Oqtosh
yutuq chiqib qolar degan umid bilan ancha yillar lotoreya 
sotib olishdan charchamadingiz. Kasalxonaga borar 
ekanman, siz uchun uch dona lotoreya chiptasidan sotib 
oldim. Kasalxonaga yetib keldim. Onam telefonda yig'lardi. 
Birozdan so'ng xolalarim ham yetib kelishdi, yig'lagancha 
meni bag'rilariga bosishdi. 
Qo'limdan hech narsa 
kelmasdi. Kasalxonaning saratonga chalingan bemorlar 
joylashgan qavatiga ko'tarildim. Ichkariga ko'pchilikni 
kiritishmayotgan edi, faqat navbat bilan kirishimiz 
mumkin edi. Ichkaridan xolam chiqdi va yig'lagancha 
meni bag'riga bosdi. Bemorning yoniga kirish uchun 
navbatini menga berdi. Yoningizga kirdim. Uxlayotgan 
edingiz. Boshingizda biroz o'tirdim, keyin uyg'ondingiz 
va qo'lingizni men tomonga uzatdingiz. Ko'nglim buzildi. 
Xayolimga o'lim keldi. O'lim - naqadar achchiq, naqadar 
qochib bo'lmas narsa.
Ko'zlaringizni ochdingiz. Qorachiqlaringizda baxtni 
ko'rdim. Nigohingizdan "Nabira degani mana shunday 
bo'ladi", degan jumlani o'qidim. Necha yillardan buyon 
bobo mehrini ko'rmay qalbimda ochilgan bo'shliq o'sha 
onda, o'sha jumla bilan to'lgandi. Sevinchdan oyoqqa 
turdingiz. 
Yoningizdagi 
bemorlarga 
qarab, 
"Ko'rib 
qo'yinglar, bu mening nabiram bo'ladi. Menga lotoreya 
chiptasini olib kelibdi. Agar boshqa birovdan iltimos 
qilganimda, yodidan chiqarardi, ammo u men aytmasam 
ham olib kelibdi”, dedingiz. Hammaning nigohi menda, 
mening qalbim otashda edi. Yig'lab yubormaslik uchun 
o'zim bilan kurashayotgan edim. Chunki o'sha onda ilk bor 
meni "nabiram" dedingiz. Shu menga kifoya edi. Necha
163


To'siqiarga qaram ay sevdik
yillarki, yuragimda saqlanib yotgan arazlar tarqaldi... 
Sizni qattiq yaxshi ko'raman, bobo! Buni siz bilasiz, men 
bilaman. Bu bizga yetadi...
O'lim bor. Quchishni, sevishni va kechirishni ortga 
surmang...

Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin