To'siqiarga qaram ay sevdik
xayol bo'lmagan sira. Faqat bir nusxada kitob chiqarishni
va o'sha kitob ham faqat o'zimda bo'lishini istardim.
Bir kuni onam bilan bir kitob do'konigabordik. Kitob
sotuvchisiga kitob mavzusini va o'ylab yurgan xayollarim
haqida gapirib berdim. U esa menga, sening kitobing
sotilmaydi, rastalarda qolib ketadi, degan edi. O'sha kuni
butun xayollarim chippakka chiqqan edi. O'sha oqshomni
sira unutmayman. Uyga sarobga aylangan xayollarim bilan
qaytgan edim. O'sha tunda boshimni yostiqqa qo'ygancha,
ko'zlarimni shiftga qadadim. O'shanda nima voqea sodir
bo'ldi bilasizmi? Men ayni o'sha lahzada, o'sha fikrimda
yanada qat'iylashdim. Taslim bo'lmadim. Voz kechmadim.
Chunki mening eng buyuk orzuim shu edi va men buni eng
go'zal shaklda amalga oshirdim. Allohim menga shunday
bir go'zal yo'lda yurishni nasib etdiki, bu ham yetmagandek
o'sha yo'lda birga yurish uchun go'zal qalbli hamrohlar
ham berdi. Ya'ni, sizlarni. O'sha kun bugundir va bu
yo'lda men sizlar bilan birgalikda yuryapman va faqat bir
nusxadagi kitob bo'lishini istardim, ammo hozir beshinchi
kitobimning xotima qismini yozmoqdaman. Quvonarlisi,
ushbu kitoblar insonlarning yuragidan shu qadar chuqur
joy egalladiki, minglab o'quvchilar tomonidan mutolaa
qilindi va mehrini qozondi...
Yaxshiyam o'sha pa}^i orzuimdan voz kechmagan
ekanman. Aytgancha, xayollarimni chippakka chiqargan
o'sha sotuvchi esa kitoblarimning hammasini sotib, non
puli topayapti. Undan g'azablanmayman. Yaxshiyam o'sha
kuni xayollarimni chippakka chiqargan ekan. Chunki
u o'zi bilmagan holda mendagi qat'iyatning oshishiga
Dostları ilə paylaş: