Ishchilarning ish haqi fondiga ta’siretuvchi omillar tahlili.
Sanoat ishlab chiqarish hodimlari ish haqi fondi tarkibida ishchilarni ish haqi yuqori salmoqqa egadir. Shu bois ishchilarni ish haqidan qay darajada foydalanganligini nazorat qilish, unumsiz xarajatlarga yo’l qo’ymaslik tannarxni pasaytirish imkoniyatini beradi. Tahlil etishda ishchilarni hisobot davridagi haqiqiy sarflangan ish haqini rejadagi, o’tgan yildagi ish haqi fondi bilan taqqoslanadi, uning farqi aniqlanadi va unga ta’sir etuvchi quyidagi omillar miqdor jihatdan hisoblanadi.
Mahsulot hajmini o’zgarishi;
Ishchilar (nisbiy) sonini o’zgarishi;
Bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish haqini o’zgarishi.
Mahsulot hajmini o’zgarishini ishchilarni ish haqi fondiga bo’lgan ta’sirini aniqlash uchun rejadagi ish haqi fondini mahsulot ishlab chiqarish hajmini rejaga nisbatan o’sish darajasiga ko’paytirish lozim.
Ikkinchi omilni ta’sirini aniqlash uchun ishchilarni nisbiy farqi rejadagi bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish haqiga ko’paytirish kerak. Bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ish haqini o’zgarishini ish haqi fondiga bo’lgan ta’sirini aniqlash uchun shu ko’rsatkichning rejadan farqi hisobot davridagi ishchilarning haqiqiy soniga ko’paytirish lozim.
7. Mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi o’rtasidagi nisbatning o’zgarishini mahsulot tannarxiga ta’sirini tahlili.
Mehnat unumdorligi bilan o’rtacha ish haqi uzviy bog’liqka ega. Mehnat unumdorligini o’sishi ish haqini ham ortishiga olib keladi. Korxonada ishni to’g’ri tashkil etish, moddiy rag’batlantirish sistemasini to’g’ri tashkil etish tufayli mehnat unumdorligi ortadi. Tahlil etishda mehnat unumdorligini o’sish darajasi o’rtacha ish haqini o’sish darajasi bilan taqqoslanadi. Mehnat unumdorligini ish haqiga nisbatan yuqori darajada o’sishi mahsulot tannarxidagi ish haqini ulushini pasayishiga olib keladi. Tahlil etishda mehnat unumdorligining o’sishini har bir foiziga to’g’ri keladigan o’rtacha ish haqini o’sish darajasi rejada belgilangan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning o’zgarish sababalari aniqlanadi.
Mehnat unumini ish haqining o’sishidan yuqori bo’lishi va buni ta’minlanishi iqtisodiy qonuniyat ham hisoblanadi. Negaki, ish haqini mahsulot hajmini oshirmasdan oshirib bo’lmaydi. Shu sababli korxonalar ish haqi fondiniva uning bazasini tartibga solishda mahsulot hajmining solishtirma baholardagi o’sishiga muhim ahamiyat beriladi.
8.Material xarajatlariga “sarf me’yori” va “material bahosi” o’zgarishini ta’sirining tahlili.
Ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibida asosiy ulushni bevosita material xarajatlar tashkil etadi. Ularning salmog’i ayrim sanoat korxonalarida salkam 60-80 % n tashkil etadi. Shu jihatdan material xarajatlarining o’zgarishi va o’zgarish sabablarini o’rganishdagi muhim vazifa, ularni (mahsulot hajmining kamayishiga yo’l qo’ymagan holda) iqtisod qilish va ulardan samarali foydalanishdir. Yengil sanoatda mahsulot tannarxida materiallar xarajati yuqori salmoqqa (60-80%) ega. Shu bois tannarxni pasaytirish rezervlarini aniqlash maqsadida material xarajatini rejaga nisbatan o’zgarish sabablari aniqlanmoYoi lozim. Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar mahsulot kalkulyatsiyasi nomli hisobot shaklidan olinadi. Bu hisobot shaklida mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallar turlari, ularni miqdori, material bahosi keltirilgan. Mahsulot birligi uchun sarflangan materiallar xarajatini aniqlash uchun mahsulot birligiga sarflangan materiallar miqdorini material bahosiga ko’paytirish lozim. Tahlil etishda haqiqiy materiallar xarajati reja bilan taqqoslanib ular o’rtasidagi farqiga quyidagi omillar ta’siri hisoblanadi.
Materiallar miqdorini o’zgarishi (sarf me’yori).
Materiallar bahosini o’zgarishi (bahoni o’zgarishi).
Bu omillarni materiallar xarajatiga bo’lgan ta’sirini zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlash mumkin. Buning uchun materiallar xarajati 3 xil ko’rinishga ega bo’lishi lozim.
Rejadagi materiallar xarajati (rejadagi sarf me’yori rejadagi bahoda).
Xaqiqiy materiallar xarajati ( xaqiqiy sarf me’yori xaqiqiy bahoda).
Shartli material xarajat (haqiqiy sarf me’yori rejadagi material bahosi bo’yicha).
Xar 3 ko’rsatkichni bir biri bilan taqqoslash orqali materiallar xarajatiga sarf me’yorini hamda material bahosining o’zgarishini ta’siri hisoblab topiladi. Materiallarning o’rindosh qiymatlari bilan almashtirilishi va hakozo omillar ta’siri ham, albatta, ushbu ikki omil ta’sirida hisob-kitob qilinadi. Omillar ta’sirini aniqlashda xo’jalik faoliyati tahlili ning bog’lanish va aloqadorlik uchun mos bo’lgan usullari qo’llaniladi.
Material xarajatlar mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi o’zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Shu sababli ularning o’zgarishini o’rganishda, albatta, o’zaro aloqadorlik darajasiga ham ahamiyat berish talab etiladi. Bunda har bir so’mlik mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan yoki ishlab chiqarish xarajatlarining material sig’imi ko’rsatkichlariga muhim e’tibor berilishi lozim.
Material xarajatlar o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning bir necha jihatini keltirish mumkin. Lekin hisob-kitob qilinadigan ikki omilni farqlash lozim. Bo’lar, material xarajatlar sarf me’yori hamda material xarajatlar bahosining o’zgarishidir. Barcha omillar ta’sirini shu ikki omil vositasida hisoblash mumkin. Bu yerda me’yor o’zgarishini miqdoriy birlik, baho ta’sirini esa sifat birligi deb qaralishi ham mumkin.
Sarf me’yorining o’zgarishiga asosan quyidagilar ta’sir ko’rsatishi mumkin:
Dastgohlar texnik jihatdan nosozligi;
Xom ashyo sifati;
Ishchining malakasi.
Material bahosi o’zgarishiga quyidagi sabablar ta’sir ko’rsatgan bo’lishi mumkin:
Hom ashyo yetkazuvchi bazalarni uzoq yoki yaqin joylashganligi;
Transport turlarini o’zgarishi;
Davlat tomonidan material narxini o’zgartirilishi.
Dostları ilə paylaş: |