nisbatan juda oz. Qolaversa, inson faqat fiziologik ehtiyojgagina emas, aytib
o’tganimizdek, yana iqtisodiy, siyosiy, ruhiy, ma’naviy, madaniy, huquqiy yakka
ehtiyojlarga ham ega. Bu ehtiyojlarning har birini qondirilishi u yoki bu darajada
moddiy ne’mat bo’lishini taqozo etadi. Binobarin, inson o’zining xilma xil
ehtiyojlarini qondira olishi uchun moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishlari, ishlab
chiqarganda ham kunlardan-kunlarga, yillardan-yillarga tobora ko’proq ishlab
chiqarishlari kerak. Inson ehtiyojlari va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro bog’liqlik,
o’zaro aloqadorlik bor. Ehtiyojlar ishlab chiqarishning rivojlanishining motori, uni
xarakatga keltiruvchi kuch. Chunki ishlab chiqarishning maqsadi inson ehtiyojlarini
qondirish. Inson ehtiyojlarisiz ishlab chiqarishning o’zi yo’q. Bir tomon-dan, jamiyat
taraqqiy etib borgani sari har bir kishining yakka ehtiyoji o’sib, xilma xillashib
boradi. Ikkinchi tomondan mamlakat va umuman dunyo aholisi sonining ko’payib
borishi, inson ehtiyojlari hajmini yanada ortishi bilan birgalikda boradi. Bu ikki
jarayonning qo’shilishi natijasida tobora o’sib boruvchi — umuminsoniy ehtiyojlar
tarkib topadi va moddiy ne’matlar ishlab chiqarilishini uzluksiz ko’payib borishini
talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: