Tovarlarni tasniflash (klassifikatsiya1)- bu ularni biror bir umumiy belgilariga
bog‘liq holda kategoriyalarga, darajalarga taqsimlab chiqishning mantiqiy
jarayonidir. Tasniflash inson faoliyatining barcha sohalarida muhim ahamiyatga.
Fanda u tadqiqotlar natijalarini umumlashtiradi va tartibga soladi hamda ilmiy
izlanuvchanlikning muhim vositasi hisoblanadi.
Tovarshunoslikda tovarlar, ularning xususiyatlari, sifat ko‘rsatkichlari kabilar
tasniflanadi. Bugungi kunda bozorda o‘n minglab nomdagi tovarlar mavjuddir,
ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida esa ularning nomenklatura2si yanada kengayib
bormoqda.
Ko‘pdan-ko‘p ashyolarni biron umumiy alomatiga ko‘ra guruhlar, sinflar va boshqa
bo‘linmalarga taqsimlash tasniflash deyiladi. Mahsulotni birgina alomatiga ko‘ra
tartibga solish guruhlash deyiladi. Odatda tasniflash oddiy guruhlashdan farq
qiladi va o‘zaro bog‘langan bir necha taqsimot bosqichlari bo‘ladi. Bir-biriga
muayyan tarzda bo‘ysinishgan bo‘linmali mahsulotni tasniflash yo‘li ierarxik
tartibga solish deyiladi.
Sanoat mahsulotlarining asosiy tasniflash alomatlari quyidagilardir: kelib chiqishi
(qora metallurgiya, mashinasozliq kimyo sanoati, neftni qayta ishlash sanoati va
hakazolar); ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvi (xom ashyo, asosiy va
yordamchi materiallar, yoqilg‘i hamda elektr energiyasi va boshqalar); vazifasi
(flyuslar, dizel yoqilg‘isi, sovutuvchi suyuqliklar, payvand elektrodlari va h.k.).
Ishlab chiqarish-texnik ahamiyatidagi mahsulot shakli, kattaligi va boshqa
alomatlardan iborat tabiiy holatiga ko‘ra ham tasnif qilinadi.
Mahsulot sarfini hamda mahsulot zahiralarini me’yorlashtirishda, moddiy texnika
ta’minoti rejalarini ishlab chiqishda, milliy iqtisodiyotni moddiy resurslar bilan
ta’minlash holatini nazorat etib turishda va boshqa ishlarda ana shu
tasnifikatordan foydalaniladi. Kodlashtirish natijasida mahsulot nomlariga shartli
belgilar (kodlar, shifrlar, nomenklatura nomeri) qo‘yiladi, bu narsa murakkab
nomlardan qochishga, iqtisodiy axborot ishlab chiqishni avtomatlashtirishga
imkon beradi.
Assortiment- bu iste’mol, savdo yoki ishlab chiqarishdagi aniq bir belgilariga mos
holda birlashtirilgan har xil ko‘rinishdagi, turdagi tovarlarning majmuasidir.
Assortiment tovarni tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Sanoat
va savdo assortimentlari farqlanadi.
Sanoat assortimenti- bu alohida korxona, korxonalar uyushmasi yoki sanoat
tarmog‘i tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasidir.
Savdo assortimenti- bu ulgurji va chakana savdo sohasida, muomala sohasida
mavjud bo‘lgan tovarlar nomenklaturasidir. U sanoat assortimentiga
bog‘liq,ammo undan kengroq bo‘ladi, chunki savdo assortimentiga import
tovarlar ham kiradi.
Savdo assortimenti o‘z navbatida tovar guruhlari assortimenti va savdo korxonasi
assortimentiga bo‘linadi.
Tovar guruhlari assortimenti- aniq bir belgilariga mos holda birlashtirilgan har xil
ko‘rinishdagi, turdagi tovarlarning majmuasidir; ko‘pgina hollarda u turli sanoat
tarmoqlari tovarlaridan tashkil topishi mumkin (attorlik, metall buyumlar,
to‘qimachilik, ko‘nchilik, plastmassalar kabilar).
Savdoda oddiy va murakkab assortimentli tovarlar farqlanadi. Oddiy assortimentli
tovarlar ko‘p bo‘lmagan belgilar asosida tasniflanadi (o‘quvchi daftari, bo‘yoqlar
kabilar). Murakkab assortimentli tovarlar vazifalari, ishlab chiqarilgan materiallari,
ishlab chiqarish usullari, shakl-shamoyili bo‘yicha va shu kabi belgilar bo‘yicha
bo‘lib chiqiladi (kiyim-kechak, poyafzal, idish kabilar). Bunday assortimentda
tovarlar turi ancha ko‘p bo‘ladi.
Savdo korxonasi assortimenti- bu do‘kondagi, bazalardagi, omborlardagi tovarlar
xilma xilligi bo‘lib, u korxonaning ixtisoslashuviga bog‘liq bo‘ladi. Ixtisoslashgan
do‘konlar bir guruhdagi (kiyim-kechaklar), kichik guruhdagi (mavsumiy kiyimlar),
yoki bir turdagi (erkaklar ko‘ylagi) tovarlar bilan savdo qiladilar, biroq ushbu
tovarlar to‘la nomenklatura bo‘yicha taqdim etiladi.
Katta universal do‘konlar, supermarketlar turli guruhdagi tovarlar bilan (kiyim-
kechak, poyafzal va hakazo) savdo qiladilar.
Tovar assortimenti, uning xilma xilligi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga,
ijtimoiy-psixologik, demografik omillarga, ilmiy-texnik taraqqiyot natijalariga
bog‘liq bo‘ladi.
Assortiment rivojlanib borishini boshqarish deganda avvalo iste’molchilar
ehtiyojlarining hajmi va tarkibini o‘rganish va ushbu ma’lumotlar asosida
assortimentni rejalashtirish va bozorga etkazib berish tushuniladi.
Assortiment tarkibi- bu tovar aylanuvidagi tovar guruhlari, kichik guruhlari, turlari,
xilma xilliklari o‘rtasidagi sonli mutanosiblikdir. Masalan, poyafzalda qaysi
o‘lchamdagi tovar qanchadan ekanligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich assortiment
tarkibini tashkil etadi.
Assortiment kengligi- aniq bir yo‘nalishdagi tovarlar kichik guruhining va
turlarining soni bilan baholanadi. Masalan, oshxona chinni idishlariga, turli xil
tarelkalar, kosa-piyolalar kabilar kiradi. Ularga turli salatlar uchun idishlar, non
uchun vazalar ham qo‘shilishi mumkin. Bunda albatta assortiment kengligi
o‘zgaradi.
Bulardan tashqari assortiment to‘laligi, assortiment barqarorligi, assortimentning
yangilanib borish darajasi kabi ko‘rchatkichlar ham mavjuddir.
Turkumlash, turlarga ajratish deganda tovarlarning umumiy xarakterli belgilari,
xususiyatlariga qarab ma’lum turlarga ajratish tushuniladi. Tovarshunoslikda
tovarlarni turkumlash juda katta amaliy ahamiyatga ega, chunki katta
nomenklaturadagi oziq-ovqat tovarlarini ma’lum bir tartibga solmasdan turib
ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirishda, hisob-kitob ishlarini olib borishda,
tovarlarning assortimenti, sifati va iste’mol qiymatini mukammal o‘rganishda
katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Oziq-ovqat tovarlarini turkumlashda ularning
har xil xususiyatlari hisobga olinadi: paydo bo‘lishi, kimyoviy tarkibi, xom
ashyoning qayta ishlanganlik darajasi, foydalanilishiga qarab va boshqalar.
Masalan, kelib chiqishiga qarab hamma oziq-ovqatlarni- o‘simlik mahsulotlari yoki
hayvon mahsulotlariga, kimyoviy tarkibi bo‘yicha esa oqsilli, yog‘li yoki uglevodga
boy mahsulotlarga, qayta ishlanganligiga qarab esa xom ashyo, yarim tayyor
mahsulotlar, tayyor mahsulotlarga, ishlatilishiga qarab esa ozuqaviy hamda
lazzatli mahsulotlarga bo‘lish mumkin. Ammo oziq-ovqat mahsulotlarini bunday
turkumlashda ham ayrim kamchiliklar mavjuddir. Masalan, hozirgi kunda ba’zi
oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashda o‘simlik va hayvon mahsulotlari ishlatiladi
yoki bo‘lmasa, oqsilga boy mahsulotlar tarkibida yog‘lar ham, uglevodlar ham
ma’lum darajada uchraydi. Lazzatli mahsulotlar turkumiga kiradigan ba’zi tovarlar
ozuqaviylik qiymatiga ham egadir.
Savdo shoxobchalarida, oziq-ovqat mahsulotlari shartli ravishda ikki turga
ajratiladi: gastronomiya va baqqollik mahsulotlari. Gastronomiya tovarlariga
go‘sht mahsulotlari, baliq mahsulotlari, sut mahsulotlari, moylar, vinolar,
konservalar va boshqalar kiradi. Baqqollik mahsulotlari turkumiga esa yormalar,
un, makaron mahsulotlari, hamirturush, choy, tuz, qand, kofe, tamakilar va
boshqalar kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini bunday turkumlash ham kamchilikdan
xoli emas, chunki non, sabzavotlar, mevalar, qandolat mahsulotlari hech qaysi
turga kiritilmagan. shuning uchun ham hozirgi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini
turkumlashni o‘rganish, bunday ishlarga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga
qo‘yish zarurdir.
Oziq-ovqat mahsulotlari kimyoviy tarkibi, kelib chiqishi va ishlab chiqarishdagi
qatnashishiga qarab, quyidagi turlarga ajratilgan: don va don mahsulotlari; meva
va sabzavot mahsulotlari; kraxmal, qand-shakar, qandolat mahsulotlari; lazzatli
mahsulotlar; ovqatga ishlatiladigan yog‘lar; sut va sut mahsulotlari; go‘sht va
go‘sht mahsulotlari; tuxum mahsulotlari; baliq va baliq mahsulotlari. Don va don
mahsulotlar turiga don, un, yorma, non va makaron mahsulotlari kiradi. Bu
mahsulotlar uglevodlarga, ya’ni kraxmalga juda boydir. Meva va sabzavot
mahsulotlari turiga ho‘l mevalar, sabzavotlar, ko‘ziqorinlar va ularni qayta
ishlashdan hosil bo‘lgan mahsulotlar kiradi. Ular yuqori biologik qiymatga ega
bo‘lib, kaloriya berish darajasi boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan ancha
yuqoridir.
Kraxmal, qand-shakar, qandolat mahsulotlari turiga esa kraxmal, qand-shakar,
asal, patoka, shokolad, karamel va konfet mahsulotlari, meva-rezavor mevali
qandolat mahsulotlari kiradi. Lazzatli taomlar turiga esa spirtli ichimliklar, vinolar,
pivolar, alkogolsiz ichimliklar, ziravorlar, tuz, choy, kofe mahsulotlari kiradi. Bu
mahsulotlar tarkibida spirt, kofein moddalari borligi bilan ajralib turadi.
Sut va sut mahsulotlari turiga sut, tvorog, qaymoq, smetana, achitilgan sut
mahsulotlari, sariyog‘, pishloqlar kiradi. Bu mahsulotlar ham yuqori biologik
qiymatga ega bo‘lib, odam organizmida tez hazm bo‘ladi. yog‘lar turiga ovqatga
ishlatiladigan o‘simlik moylari, hayvon yog‘lari, margarinlar kiradi. Bu mahsulotlar
yuqori energiya berish qobiliyati va erda eruvchi vitaminlarga boyligi bilan ajralib
turadi.